So’nggi yangiliklar

14:53"Насаф" – "Навбаҳор" учрашувида пенальти бормиди? Суперлиганинг 12-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  2 14:27"Наполи" Луккани Лукакуга ўринбосар сифатида кўрмоқда  1 13:58Ҳожимат Эркинов: "Машинани акамга совға қилдим, чунки футболга кириб келишимда уларнинг ҳиссалари катта"  2 13:32Бэйл Англия клуби эгаларидан бирига айланиши мумкин  0 13:05Уч нафар ўзбекистонлик футболчи Англия клубида кўрикдан ўтиш учун жўнаб кетди  12 12:39"Реал" Браим Диаснинг келажаги борасида бир қарорга келди  1 12:13Суперлига 13-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  1 11:54Ўзбекистон Кубоги 1/8 финалида ишлайдиган расмийлар маълум  3 11:33"Атлетико" футболчиси КЖЧ ташкилотчилигидан норози  8 11:05Ямаль ва францияликлар: Европанинг 2025 йилдаги энг креатив футболчилари  3 10:42Неймарнинг келажаги маълум  2 10:10“Ал Ҳилол“ Осимхенга сўнгги даҳшатли таклифни юборди  2 09:43“Арсенал“ Виктор Гёкерешни сотиб ололмаган тақдирда кимни харид қилиши маълум  1 09:16Кайл Уокер АПЛнинг бошқа жамоасига ўтиши мумкин  0 08:50Фатининг кейинги жамоаси деярли аниқ  1

Sanat SHaripov Janubiy Afrika futbol associaciyasidan taklif oldi Yangiliklar

Sanat SHaripov Janubiy Afrika futbol associaciyasidan taklif oldi

Teglar :  Sanat SHaripovJAR
SHveycariyaning Cyurix Universitetini tamomlagan o'zbekistonlik taniqli agent Sanat SHaripov Janubiy Afrika futbol associaciyasidan taklif oldi.

Jahon futboliga xalqaro toifadagi mutaxassislar etkazib beruvchi universitetning Xalqaro sport huquqi mutaxassisligi bo'yicha magistratura yo'nalishini muvaffaqiyat bilan bitirgan SHaripov endi Janubiy Afrika futbol associaciyasida faoliyat olib boradi. U kuni-kecha Yoxannesburg shahriga uchib ketdi.

- Faoliyatimdagi yangi voqeadan xursandman. Aslida yana bir taklif Jazoir futbol federaciyasidan bo'lgandi. Biroq menga Janubiy Afrika varianti maqulroq tuyuldi. JAR Konfederaciyalar kubogi hamda jahon chempionatidek yirik musobaqalarning tashkilotchisi bo'lgan Afrikaning yagona davlati. Bu erdagi infratuzilma juda ham zamonaviy ko'rinishga ega. Janubiy Afrika futbol associaciyasida katta xalqaro tajriba mavjud. Ularning boshqa mamlakatlar futbol federaciyalari bilan xalqaro aloqalari ham ancha baland saviyada. SHundan kelib chiqadigan bo'lsam, meni u erda nihoyatda qiziqarli va muhim ish jarayoni kutmoqda. Futbolchi va murabbiylarni, ayniqsa, xorijda to'p surayotgan o'yinchilarni terma jamoalarga jalb qilish hususiyatlarini o'zlashtiraman.

Muvaffaqiyatli natijalarni qo'lga kiritish borasida (ular uchta JCHda qatnashishgan: 1998, 2002 va 2010) JARda mavjud ish haqi to'lash, mukofot pullari, soliqlar, sug'urta tizimlarini o'rganaman. Braziliya, Kosta-Rika, Avstraliya, Ispaniya kabi termalar bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazayotgan JAR milliy terma jamoasiga mutasaddilar bu bellashuvlarni qay yo'sinda tashkil qilib bera olayotganlari bo'yicha ham tajriba orttirmoqchiman. Ushbu o'yinlarni tashkil etishda raqiblar bilan muzokaralar qanchalik erta boshlanishi, bu bahslardagi tijorat, reklama va marketing masalalarini ham chuqur tahlil qilishni ko'zlaganman, - deydi Sanat SHaripov.

Biz barcha o'zbekistonlik muxlislar nomidan yurtdoshimizga xalqaro futbol yo'nalishida olib borayotgan mehnatlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика