So’nggi yangiliklar

10:15"Галатасарой" Осимхенга даҳшат таклиф билан чиқди  3 09:43"Челси"ни финалга олиб чиққан Энцо Мареска нималар деди?  1 09:08Европанинг 4 та ТОП клуби “Реал“ футболчисига қизиқиш билдирмоқда  5 08:37Финалга чиққан “Челси“ клублар ўртасидаги ЖЧдан қанча ишлаб олди?  4 08:05“Сўғдиёна“ икки нафар легионери билан хайрлашди  0 07:37“Реал Мадрид“ самолёти бўрон туфайли Нюаркка аэропортига узоқ вақт қўнолмади  4 02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  23 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  11 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  19 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  4 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  3 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  17

Samvel Babayan Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi o'yinlar uchun 27 futbolchini jalb qildi Yangiliklar

Samvel Babayan Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi o'yinlar uchun 27 futbolchini jalb qildi

O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH–2018 saralash bosqichi doirasidagi so'nggi ikki o'yin –Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko'rish maqsadida 20 avgust kunidan boshlab Toshkentda yig'in o'tkazadi.

Yig'in doirasida terma jamoa 25 avgust kuni Qirg'izistonga qarshi o'rtoqolik o'yinida maydonga tushadi. Bosh murabbiy Samvel Babayan bo'lajak uch o'yin uchun 27 futbolchini jalb qildi.

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv” Toshkent), Nikita Ribkin (“Qo'qon-1912”);

Himoyachilar: Farrux Sayfiev (“Nasaf”), Vladimir Kozak (“Paxtakor”), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” Moskva, Rossiya), Anzur Ismoilov (“CHanchun Yatay”, Xitoy), SHerzod Azamov (“Paxtakor”), Egor Krimec (“Beyjing Goan”, Xitoy), Akmal SHorahmedov (“Nasaf”), Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv” Toshkent), Davron Hoshimov (“Paxtakor”);

Yarim himoyachilar: Server Jeparov (“Istiqlol” Tehron, Eron), Jaloliddin Masharipov (“Lokomotiv” Toshkent), Sardor Mirzaev (“Lokomotiv” Toshkent), Eldor SHomurodov (“Rostov”, Rossiya), Aziz G'aniev (“Nasaf”), Odil Ahmedov (“SHanxay SIPG”, Xitoy), Fozil Musaev (“Jubilo Ivata”, Yaponiya), Aziz Haydarov (“Ajman”, BAA), Otabek SHukurov (“Bunyodkor”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Sardor Rashidov (“Al-Jazira”, BAA), Marat Bikmaev (“Lokomotiv” Toshkent).

Hujumchilar: Temurxo'ja Abduxoliqov (“As-Sayliya”, Qatar), Igor Sergeev (“Paxtakor”), Aleksandr Geynrix (“Ordabasi”, Qozog'iston).

Malumot uchun, O'zbekiston milliy terma jamoasi 31 avgust kuni safarda Xitoyga qarshi bahs olib borsa, 5 sentyabr kuni Toshkentda Janubiy Koreya termasiga ro'baro keladi.

Reyting: -234   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика