So’nggi yangiliklar

16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  0 16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  0 16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  2 15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  1 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  3 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  9 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  9 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  9 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  16 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1

Samvel Babayan: "Tan olish kerak, "Bunyodkor" ham bugun yaxshi o'ynadi" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Tan olish kerak, "Bunyodkor" ham bugun yaxshi o'ynadi"

"Navbahor" bosh murabbiyi Samvel Babayan "Bunyodkor"ga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng fikrlarini bildirdi.

- Afsuski, bugun mag'lub bo'ldik. Yigitlarga aytarli etirozlar yo'q, ikkita qo'pol xato o'yin natijasiga tasir qildi. O'sha-o'sha muammo - vaziyatlar yaratayapmiz, ammo ulardan foydalana olmayapmiz. Agar sen gol urmasang g'alaba qozonish qiyin. Oldimizda nima qold? 6 ta o'yin, ularga yanada yaxshiroq tayyorlanish va yuqori saviyada ishtirok etishimiz kerak. 

- Birinchi taymning o'zida uchta o'zgarish qildiz va birdaniga o'yin tizgini "Navbahor" tomoniga o'tib ketdi. Asosiy tarkib tanlashda xato qildim deb hisoblaysizmi? 

- Yo'q xato qilmadim, chunki zaxiradan tushganlarning barchasida jarohat bor edi va men katta tavakkal qildim. Ular asosiy tarkib futbolchilari edi. Natija bizni qoniqtirmayotgani uchun bunga majbur bo'ldim. Sobirjonov jarohatini yangilab oldi va hatto o'yin oxirigacha o'ynay olmadi. Marushich va Boltaboev esa bahs oxirida qanday yugurganini menimcha faqat men ko'rdim, muxlislar bunga etibor qilishmadi. 

- "Olimpik" bilan o'yinda ham "Bunyodkor" juda ham yopiq o'ynagandi. Bugun ham Boshkovichdan shunday taktika kutganmidiz? 

- Biz raqib taktikasiga moslashmaymiz. Raqibning so'nggi nazorat uchrashuvini ko'rdim va o'shanda ham 4 himoyachi bilan o'ynagandi. SHu bois biz uchun yangilik bo'lmadi. Birinchi golda shunchaki konsentraciyani yo'qotdik va raqib jazoladi. Tan olish kerak "Bunyodkor" ham bugun yaxshi o'ynadi. 

- Siz doim favorit jamoalarda ishlagansiz. Bu sizga qo'shimcha bosim beradimi? 

- To'g'ri doim o'z oldimga yuqori maqsadlar qo'yaman. Ammo hamma futbolchi ham bunday bosimda o'ynay oladimi degan savol bor. Ayniqsa Namanganda. Men bundanda kuchli bosim ostida ishlaganman, bu yangilik emas. G'alabani haddan tashqari istagan futbolchilar bosimda qolishadi. 

- Bugungi mag'lubiyatga asosiy sabab? 

- O'yinda ikkita qo'pol xato qildik. Bundan tashqari "Bunyodkor" futbolchilari yaxshi o'ynadi. 

- Kozak bilan Krimec bu yil maydonga tushadimi? 

- Kozak yaqinda jarohatdan qutildi. Krimec hali tiklanish jarayonini boshdan kechirmoqda. 

- Marushich oxirgi o'yinlarda zaxiradan maydonga tushmoqda. Uning o'yinida pasayish bo'ldimi? 

- O'tgan o'yinda taktik qaror edi, bugun esa jarohati borligi uchun zaxirada qoldirdim. U bizning asosiy hujumchimiz. 

- Oxirgi paytlarda jamoada jarohat olgan futbolchilar ko'payib ketdi. Bu rotaciya yo'qligi bilan bog'liqmi? 

- Rotaciya asoslangan bo'lishi kerak. SHunchaki kimgadir yoqish uchun rotaciya qilish to'g'ri emas. Birinchi davrada Sobirjonov zaxira o'yinchisi edi, hozir esa asosiy tarkib futbolchisi. Rotaciya bor, ammo katta emas.



Reyting: -69   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика