So’nggi yangiliklar

02:37Франция. "Ланс" сафарда "Реймс"ни мағлуб қилди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  7 02:02Туркия чемпионати. "Сивасспор" мағлуб бўлди, Турғунбоев захирадан майдонга тушди  1 01:11Ханс-Дитер Флик "Барселона"нинг 125 йиллик юбилейи ҳақида: "Клубдан-да юқорироқ"  0 00:33Расман: Руд ван Нистелрой - "Лестер" бош мураббийи!  1 00:07"Ланс" арманистонлик ҳимоячини трансфер қилмоқчи  2 23:51Франция. "Реймс" - "Ланс". Абдуқодир Ҳусанов асосий таркибда!  5 23:08Йилнинг энг яхшиларини ким аниқлайди?  0 22:47Пеп Гвардиола: "Тезда қайтамиз, кўнглим сезяпти"  6 22:22Де Брюйне ёзда "Сити"дан кетади, унга бир талай харидорлар бор  4 21:44Саудия Арабистони. "Ал Насср"дан ишончли ғалаба, Роналдудан дубль!  45 21:13Туркия. Турғунбоев "Антальяспор" - "Сивасспор" баҳсини захирада бошлайди  0 20:47Ортиқхўжаев истаган "Пахтакор" шуми?  13 20:21"Энг зўр-2024". Йилнинг энг яхши футболчиси ким бўлади?  45 20:11"Энг зўр-2024". Йилнинг энг яхши мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум қилинди  8 19:57Родриго муддатидан аввал майдонга қайтади  0

Samvel Babayan - "Surxon"ga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng Yusupovning qahramonligi, O'runovning formasi, chempionlar ligasidagi o'yin va boshqalar haqida Yangiliklar

Samvel Babayan - "Surxon"ga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng Yusupovning qahramonligi, O'runovning formasi, chempionlar ligasidagi o'yin va boshqalar haqida

Coca Cola Superligasi 23-turi doirasidagi "Surxon"ga qarshi o'yindan keyin "Navbahor" bosh murabbiyi Samvel Babayan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


- Muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. O'yin juda emocional bo'ldi. CHempionlar ligasidagi o'yin ko'p kuchimizni olib qo'ydi. SHu sabab emocional va jismoniy jihatdan charchadik. Yigitlarga rahmat aytaman, nima qilib bo'lsa ham natijaga erishdik. Durang qayd etilayotgan pallada ham futbolchilar oldinga borishdi, hujum qilishdi. So'nggi daqiqadagi O'tkirning qahramonligini tariflashga til ojiz. Jamoa sardori va O'zbekistonning eng yaxshi darvozaboni qahramonlik ko'rsatdi. Hozirgi kunda oson o'yinimiz yo'q, chunki barcha jamoalar "Navbahor"ga qarshi borini berishadi. Hamma "Navbahor"dan ochko tortib olishni xohlaydi.

- Oston O'runov so'nggi ikki uchrashuvida o'z gollari bilan jamoaga g'alabani taqdim etmoqda. Ammo bugun Oston uchrashuvni zaxirani boshladi. Bunga sabab Oston 90 daqiqa o'ynay olmasligidanmi yoki zaxira o'rindig'ida Oston kabi o'yinni kuchaytira oladigan futbolchilar yo'qligidanmi?

- Oston bizning sehrli tayoqchamiz desak ham bo'ladi. Oston uchrashuvni asosiy tarkibda boshlamasligiga bitta sabab bor, u jarohatidan to'liq forig' bo'lgani yo'q. Agar sog'lig'i talabga javob bersa, u asosiy tarkibda o'ynashi aniq.

- Jamoaning o'yini Oston O'runovga bog'lanib qolgandek. Mavsum yakunida jarohatlar ko'p. Qiyin grafik va boshqa sabablar. Ostonsiz o'tadigan o'yinlarda jamoaning rejasi qanday? Ostonsiz jamoani tasavvur qila olasizmi?

- Menimcha birinchi bo'limda yaxshi o'yin namoyish etdik. Gol urdik, hisobda oldinda edik. Jamoaning o'yini bir futbolchiga bog'lanib qolishi yaxshi emas va men bu haqida bir marta gapirib o'tgan edim. O'zbekistonda bir futbolchiga yaqqol bog'lanib qolgan klub bor. U futbolchi maydonga tushmasa u klubning o'yini va natijasi tushib ketadi. Biz Iskanderov, O'runovlarsiz ham muhim uchrashuvlarda o'ynaganmiz va bundan keyin ham o'ynay olamiz.

- "Navbahor" jamoasining hujumi Ostonning individual mahoratiga bog'lanib qolgan dedik. So'nggi daqiqalarda Yusupov penalti qaytarmaganida jamoa ochko yo'qotardi. Mening fikrimcha, futbolchilarning individual harakatlarini hisobga olmasak. Jamoaning o'yini yaxshi darajada emas. Bunga sizning fikringiz qanday?

- Fikringizga qo'shilmayman. Jamoaviy o'yin qurish uchun birinchi navbatda taktik uslub, falsafa va chiziqlar bog'lamligi bo'lishi kerak. Bunday jihatlar jamoada bo'lmasa o'yin sifati ham bo'lmaydi. Fikringizga mutlaq qo'shilmayman. Birinchi taymda ikkinchi golni ursak bo'lar edi, ammo vaziyatdan foydalana olmadik. Agar hisobni 2:0ga etkazganimizda o'yinni xotirjam yakunlagan bo'lar edik. Birinchi gol ham butun jamoaning ishtirokida urildi. Biz katta bosim ostida o'ynamoqdamiz, sababi biz har bir o'yinda g'alaba qozonishni istaymiz va xato qilishga haqqimiz yo'q. Jamoaviy o'yin tizimi to'g'ri yo'lga qo'yilmagan jamoa, xech qachon "Al-Hilol" bilan durang o'ynamaydi.

- Bugun raqib autdan gol urib ketdi. "Navbahor" tarkibida esa barcha himoyachilarning bo'yi baland va bosh bilan yaxshi o'ynashadi. Bugungi o'tkazib yuborilgan golda himoyachilar aybdormi?

- Himoyachilarimiz charchashgan. Ular "Nassaji"ga qarshi uchrashuvda 12 kilometr yugurishgan edi. Himoyachilarga bugun tetiklik etishmadi. Autdan o'tkazilgan gol bu xato va biz bunday gollar o'tkazib yubormasligimiz kerak. Xatolar ularni ishlashda davom etamiz.

- Keyingi mavsumda Osiyo chempionlar ligasi yangi formatda o'tkaziladi. Yangi reglament bo'yicha faqatgina O'zbekiston chempioni chempionlar ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritadi. Mavsum so'ngida barcha muammolar, jarohatlarni hisobga olgan holda. "Navbahor"ning Osiyo chempionlar ligasining "elita" divizioniga yo'llanmani qo'lga kiritish imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Qisqa javob beraman. Biz har bir o'yinni eng muhimi deb hisoblaymiz. Keyingi uchrashuvimiz "Nasaf"ga qarshi. "Nasaf" ham kuchli jamoa va bizni qiyin uchrashuv kutib turibdi. Bizda ikki variant bor edi, barcha turnirlarda ishtirok etish yoki bir nechta musobaqalarni televizor orqali tomosha qilish. Biz barcha musobaqada ishtirok etishni tanladik.

- Uchrashuv yakunlanganidan so'ng kiyinish xonasiga ketayotganingizda "Surxon" futbolchisi bilan janjallashdingiz. O'sha vaziyatda nima ro'y berdi?

- O'sha inson o'z aybini biladi. Umid qilamanki o'sha futbolchi o'zining xatosini tushunib etadi va mendan uzr so'raydi.

- Aynan "Surxon" jamoasiga qarshi qanday tayyorgarlik ko'rdingizlar?

- Biz joriy mavsum "Surxon"ga qarshi uchta uchrashuv o'tkazdik. "Surxon" bizni ancha qiynab qo'ydi. Faqatgina kubok o'yinida ularni ikkita to'p farqi bilan mag'lub etdik. Hozir "Surxon"da ishlayotgan Tokov va Arslonovlarni yaxshi taniyman va ularning rivojlanishiga o'z hissamni qo'shganman. "Surxon" katta yulduzlarga ega bo'lmasa ham, juda yaxshi jamoa.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика