So’nggi yangiliklar

22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  0 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  0 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  2 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  0 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  3 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  8 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  5 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  5 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  12 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  21 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  49 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  4

Samvel Babayan: "Paxtakor" bilan bahsda stadion muxlislar bilan to'lishiga ishonaman" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Paxtakor" bilan bahsda stadion muxlislar bilan to'lishiga ishonaman"

Coca Cola O'zbekiston kubogi nimchorak finalidan o'rin olgan "Olimpik" – "Navbahor" (0:1) bahsidan keyin namanganliklar bosh murabbiyi Samvel Babayan fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin haqida

- Fikrimcha, qiziqarli va kurashlarga boy uchrashuv bo'ldi. "Navbahor" muxlislarini keyingi bosqich yo'llanmasi bilan tabriklayman! 

Yigitlarga xarakter ucun rahmat aytaman, oson bo'lmadi. 

"Olimpik"ni alohida etirof etish lozim. O'zbek futbolining kelajagi bo'lmish yosh va iqtidorli futbolchilar yaxshi o'yin ko'rsatishdi. SHubhasiz, "Olimpik" hamma jamoaga qiyinchilik tug'diradi. Bu jamoada o'z yosh toifasining eng kuchli vakillari jam bo'lishgan. 

Emociyalarga boy uchashuv bo'ldi, hali ko'rib chiqamiz. Umuman, vaziyatlar yaratdik, lekin yakun etishmadi. Buni ustida ishlaymiz. Rohatlanish uchun hammasi bor edi: muhit, muxlislar, stadion. 

- "Paxtakor" bilan o'yinga oz qoldi. Bugun "Navbahor" ko'p kuch sarfladi. Bu jismoniy tarafdan muammo tug'dirmaydimi?

- Biz turli holatdamiz.  Qura natijasiga ko'ra, "Paxtakor"ga Pro liganing "SHo'rtan" jamoasi, bizga esa etakchi jamoalar kushandasi "Olimpik" tushgandi. Jamoa yuqori pressing qo'llaydi, juda faol o'ynaydi.

- Mavsum boshidan beri "Navbahor" jamoasi asosiy tarkibining deyarli 70 foizini rotaciyasiz o'ynatyapsiz. Vaholanki, zaxira juda keng. Hal qiluvchi o'yinlarga kelganda jamoangiz jismonan toliqib qolishidan qo'rqmaysizmi?

- Rotaciyaga kelsak, u suniy bo'lmasligi kerak. Rotaciya qilish uchun maydonga tushgan futbolchilar o'yinni kuchaytirishlari lozim. 

Boshqa tarafdan olsak, "Navbahor" tarkibi 90 foiz yangilangan. Hatto bu erda juda ko'p o'ynagan futbolchilar ham maydonga tushish uchun o'z vaqtini kutishi kerak. 

- "Paxtakor" bilan o'yinda namanganlik muxlislardan nimani kutyapsiz? Ular stadionni to'ldirishadimi?

- SHubhasiz, eng yaxshi muxlislarga egamiz. Buni statistika orqali ham bilish mumkin. Jamoamiz ko'rsatayotgan natija ham ularda qiziqish uyg'otmoqda. "Paxtakor" bilan bahsda stadion to'lishiga ishonaman.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика