"Barselona" Arauxodan norozi

Alisher
12 yanv 2025, 17:21
"Barselona" Ronald Arauxoning harakatlaridan norozi.

Himoyachi jamoasini o'zgartirishi mumkin va bunga erishish uchun qattiq harakat qilmoqda.

"Ko'k-anorranglilar"ga Arauxoning bunday harakatlari yoqmayapti. Oldinroq, futbolchi "Barselona"ga sodiq ekanini aytgandi, ammo endilikda o'zini boshqacha tutyapti.

Arauxoning shartnomasi 2026 yilga qadar mo'ljallangan. Unga "Yuventus" va "Arsenal" qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: as.com