So’nggi yangiliklar

17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  1 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  5 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  0 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  1 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  4 15:18Бунақаси Месси фаолиятида биринчи марта юз берди  8 14:43Воҳа дербиси олдидан "Машъал"да катта йўқотишлар  1 14:15"Ювентус" узумзор акс этган формасини тақдим этди  2 13:42Суперлиганинг 21-турини ўтказиб юборадиган футболчилар рўйхати  4 13:19Роналду 30га кирганидан сўнг Португалия сафида 89 та гол урди  15 12:37Ибраима Конате "Ливерпуль"га уч марта "йўқ" деди. Клуб унинг "Реал"га ўтишига кўниб бўлди  10 12:15Бразилия ЖЧ саралашида 5-ўринни эгаллади – бу тарихидаги энг ёмон натижа  3 10:56Ла Лигада ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  6 10:30ФИФА президенти Қатардаги портлашларга муносабат билдирди  14 10:02Қизил карточка, эҳтимолий пенальти ва четлатиш. "Алё, рэф!" ҳакамларнинг Ўзбекистон - Эрон учрашувидаги қарорларини таҳлил қилди  36

Samvel Babayan: "O'yinni ekstra-taymlarlarga olib bormaslik uchun juda ko'p hujumlar qildik" Yangiliklar

Samvel Babayan: "O'yinni ekstra-taymlarlarga olib bormaslik uchun juda ko'p hujumlar qildik"

O'zbekiston Coca Cola kubogi yarim final bosqichidan o'rin olgan "Navbahor" – "So'g'diyona" 0:0 (3:1 penaltilar seriyasida) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

- Barchaga xayrli kech. Avvalo, muxlislarimiz g'alaba bilan tabriklamoqchiman. Bugungi g'alabani tarixiy deb atasa ham bo'ladi. 24 yildan so'ng "Navbahor" yana finalda. "Navbahor" brendini qayta tiklash borasida mavsum boshidan beri takrorlab kelmoqdamiz. "Navbahor"ni o'zbek futbolidagi top jamoaga aylantirish yo'lidamiz. Buning uchun ko'p ishlar qilindi, maqsadimizga etishimizga ham ozgina qolmoqda. Oldinda chempionatning qolgan o'yinlari va kubok finali turibdi. Buxoro ajoyib shahar. O'zbekiston tarixi ushbu shaharda mujassamlashgan. Biz ham Buxoro tarixida o'z o'rnimizni qoldirmoqchimiz, shaharning sportga bog'liq tarixida, albatta. Muxlislar xohlayotgan natija tomon intilamiz.

  O'yinga kelsak, agar biz oxirgi ikki o'yinda yaratgan vaziyatlarimizni hisoblab chiqsak, ushbu vaziyatlar butun boshli davraga etarli bo'ldi. Baxtga qarshi, vaziyatlardan foydalanish borasida oqsayapmiz. Bundan tashqari, bu psixologik holatga ham bog'liq. Albatta raqib ko'rsatgan o'yinni ham alohida qayd etish kerak. Ularda kadrlar bilan bog'lik muammo bo'lsa ham, "So'g'diyona" natija uchun kerakli ishni qildi. Ularni ayblashga haqqim yo'q. Raqib jiddiy edi, ular o'ylagan maqsadlariga, yani penaltilar seriyasigacha eta olishdi. Yigitlarim seriyada ajoyib harakat qilishdi va biz g'alaba qozondik. O'yin haqida boshqa gap aytishning hojati yo'q. Bu kabi uzoq davom etadigan o'yinlar jismonan juda qiyin kechadi. SHu sabab ham o'yinni iloji boricha ertaroq tugatish kerak. Buning uchun yaratgan vaziyatlarimizdan foydalanishimiz kerak edi. 

- O'yin juda hayajonli bo'ldi. Muxlislar ham o'yinni xavotir bilan kuzatib borishdi. Siz o'yin penaltilar seriyasigacha borishini kutganmidingiz? Agar javob ha bo'lsa, bunga qanday taktika tayyorlab qo'ygandingiz?

- Agar ko'rgan bo'lsangiz, o'yinning boshida biz juda yuqori tempda start oldik va juda ko'p vaziyatlar yaratdik. Birinchi va ikkinchi taymlarda ham shunday bo'ldi. Bularning barchasi o'yinni ekstra-taymlarga olib bormaslik uchun edi, juda ko'p hujumlar qildik. Raqib himoyaviy taktika tanlashi malum edi. Futbolda hamma narsa bo'ladi. SHu sabab ham, penaltilar seriyasiga tayyor edik. Faoliyatim davomida penaltilar seriyasigacha borgan o'yinlar juda ko'p bo'lgan. Bu holatda qanday ishlash kerakligi borasida o'z uslubim bor. Buni albatta hozir ochiqlay olmayman, sababi oldinda final bor. Kutganmidik yoki yo'q? Albatta yo'q. Sababi, biz o'yindan gol urishni maqsad qilgandik. O'yinning oxirida ham hujumga o'tib juda ko'p vaziyatlar yaratdik.

- Bugungi o'yin muxlislarimizga beshta o'yin beradigan hayajonni berdi. Albatta g'alaba bizga katta quvonch berdi. Ammo biz kabi yoshi kattalarga qandaydir kompensaciya bo'ladimi yo'qmi? (hamma kulib yuboradi)

- Albatta bu tashkiliy masalani rahbariyat hal qiladi. SHu o'rinda muxlislarimizdan Buxoroda finalga mos aura hosil qilishlarini so'rab qolardim. Albatta, "Nasaf" geografik jihatdan Buxoroga yaqinroq. Ammo men "Navbahor" muxlislarini yaxshi bilaman. Biz har qanday holatda ham ularning qo'llab-quvvatlovlarini his qilib turamiz. 

- "Nasaf" haqidagi fikringiz?

- Men "Nasaf" eng yaxshi tashkil qilingan jamoalardan biri ekanligini ko'p marta aytganman. Ular yaxshi futbol o'ynashadi. 3-4 yildan beri bir xil tarkib. "Nasaf" bekorga OCHL pley-offiga yo'llanma olmadi. Ular hozirda chempionatni ham boshqarib turishibdi. Ularga maksimal ravishda noqulaylik tug'dirishga harakat qilamiz.

Reyting: -20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика