So’nggi yangiliklar

02:36"Милан" Италия кубоги финалида "Болонья"га имкониятни бой берди!  2 02:25Ла Лига. "Реал Мадрид" сўнгги дақиқада гол уриб, "Мальорка"ни мағлубиятга учратди. "Барселона" чемпионликни ўзи ҳал қилишига тўғри келади  23 00:55“Иштихон” бош мураббийи Миржалол Лоқаев: "Йигитларимиз уч ойдан бери маошсиз ўйнашмоқда. Вазият ўзгаришини кутяпмиз"  1 00:41Элдор Мойлиев: "Учрашувнинг 17:00га қўйилгани икки жамоага ҳам ноқулай бўлди"  1 00:31Виталий Левченко: "Ҳамма футболчимизда ОКМКга қарши майдонга тушиш имконияти мавжуд"  1 00:20Сервер Жепаров: "Нефтчи" каби рақибларга қарши камчиликлар яққол кўринади"  0 00:00ЦСКА "Зенит"га қарши пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, Россия кубоги суперфиналига йўл олди! Файзуллаев захирадан майдонга тушди  12 23:55Сервер Жепаров Халқаро футбол ассоциациялари кенгашининг футбол бўйича маслаҳат гуруҳи аъзолигига қабул қилинди  1 23:25Флориан Виртцга Англиядан яна бир харидор пайдо бўлди  1 22:55Браим Диас жароҳати сабаб Ла Лигадаги кейинги ўйинни ўтказиб юборади  0 22:31Родриго: "Уйдирма тарқатишни бас қилинг"  7 22:01"Челси" Энцо Маресканинг келажаги бўйича бир қарорга келди  2 21:29Флик: "Анчелотти – ҳақиқий жентелмен"  28 21:10Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ўз ўйинларида ғалаба қозониб, плей-офф босқичига йўл олишди  10 20:36Асрор Алиқулов: "Кубок учрашувига U-21 жамоасидан кўпроқ футболчи жалб қилдик. Лекин..."  0

Samvel Babayan: "Oxirgi turlarda o'zining barcha kamchiliklarini hakamlarning xatosi bilan xaspo'shlab, qahramonga aylanishga harakat qilayotganlarni ko'ryapmiz" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Oxirgi turlarda o'zining barcha kamchiliklarini hakamlarning xatosi bilan xaspo'shlab, qahramonga aylanishga harakat qilayotganlarni ko'ryapmiz"

O'zbekiston kubogi birinchi turidan o'rin olgan "Olimpiya" - "Navbahor" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

- Hammaga salom. Birinchi navbatda, ushbu uchrashuv o'tkazilgan joy haqida gapirmoqchi edim. Bu stadion joylashgan kollej o'zbek futbolidagi murabbiy, futbolchi va boshqa xodimlarni ishlab chiqaruvchi asosiy dargoh desa bo'ladi. Bundan ancha yillar avval shu erda tahsil olganman. Bu joyga qaytish menga juda ham ajoyib hislarni berdi. "Navbahor" tarkibidagi ko'p futbolchilar ham aynan shu erda bilim olishgan. Bu o'quv dargohi nafaqat sport, balki hayotga ham tayyorlovchi ajoyib joy hisoblanadi. Olimpiya zaxiralari kolleji mamuriyati va Odil Ahmedovga shu kabi ajoyib futbol muhitini yaratganlari uchun rahmat aytib qolaman. Bugun, mana bu erda katta futbol ko'rdik. "Navbahor"ga qarshi maydonga tushgan yoshlar qanchalik maxoratga ega ekanliklarini bugun ko'rsatishdi. O'ylaymanki, kelajakda ular rivojlanishda davom etishadi va terma jamoada o'ynash darajasiga chiqishadi. O'yinga kelsak, biz bugun tarkib bilan biroz tajriba o'tkazdik, o'yin amaliyati bo'lmagan futbolchilarga imkoniyat berdik. Muhimi, natija qoniqarli. Etirozlar, kamchiliklar albatta bor. Buning ustida ishlashda davom etamiz. Umuman olganda, bu kabi o'yinlarga to'g'ri tayyorlanish biroz mushkul bo'ladi. Yigitlarga bu o'yin muhimligi haqida qancha gapirilsa ham baribir raqibdan bir bosh ustun ekanimiz ularning hayolidan o'tadi. SHu sabab ham, o'yinchilar bor kuchini ishlatishi biroz qiyin kechadi. Bu narsaga biz oxirgi 10 daqiqada erishdik va bor kuchimiz bilan harakat qila boshladik. 

- O'yindan so'ng Odil Ahmedov bilan suhbatlashganimizda u "Navbahor"ning asosiy o'yinchilari ushbu uchrashuvda maydonga tushishlari muhim bo'lganini aytdi. Bizda o'z o'zidan Odil Ahmedov uchrashuv oldidan sizdan aynan asosiy futbolchilarni maydonga tushirishishni so'ragani haqida faraz paydo bo'ldi. Albatta, yosh futbolchilarga tajriba bo'lishi sifatida. Bu qanchalik haqiqatga yaqin?

- Yo'q, men faoliyatim davomida raqib jamoa biror marta ham nimanidir kelishib olmaganman. Bu masalaga kelsak, biz asosiy tarkib bilan o'ynashga majrub edik. Ayniqsa, o'yinning oxirida. Birinchidan, biz bu musobaqaga jiddiy qaraymiz. Ikkinchidan, bizda boshqa o'yinchilar yo'q. Jamoada 13-14 nafar o'yinchilar bor. Biz faqat bir tarkib bilan o'ynaymiz. Qolgan o'yinchilar yoshlar. SHu sabab ham biz tavakkal qilishni istamadik, shundan tashqari o'yin amaliyoti kerak edi, chunki turlar orasidagi muddat 9 kunni tashkil qiladi. 

- "Navbahor" o'rinbosarlar tarkibi sizning talabingizga javob bermaydimi? Bugun 2006-2007 yillardagi futbolchilarga qarshi maydonga tushdingiz. SHu nuqtai nazardan qaralsa, o'rinbosarlar tarkibini maydonga tashlasangiz ham bo'lardi...

- Men bir narsani ko'p aytganman. Men futbolda tajribalarni qabul qilmayman. Tajribalar bo'lmasligi kerak, klubda aniq strategiya bo'lishi kerak. Evropa yoki boshqa joylarda ikkinchi darajali turnirlarda har xil tajribalar qilishadi. Biz esa O'zbekiston kubogiga jiddiy yondashmoqdamiz. SHu bilan birga, yigitlarda o'yin amaliyoti bo'lishi kerak. Yoshlarga kelsak, bizda iqtidorli yosh futbolchilar etarli. Masalan, U-17 terma jamoasi yig'inlariga shu kecha kunduzda uch nafar futbolchini jo'natamiz. Umuman olganda taxminan 6 nafar futbolchimiz bu jamoaga nomzod. Bu natija "Navbahor" uchun juda yaxshi hisoblanadi. 

- "Olimpiya" o'yinchilari ichidan ko'zga tashlangani bo'ldimi?

- Albatta, iqtidorli yigitlar bor. Masalan, "Olimpiya" safida gol urgan hujumchi. U aynan "Navbahor" futbolchisi hisoblanadi va hozirda ijarada. U bugun ikki tomonlama ishtiyoq bilan o'ynadi. "Olimpiya"da etarlicha yaxshi o'yinchilar bor. Bugun biz buni ko'rdik. 

- "Olimpiya" o'yinini analiz qildingizmi. Jamoa qanday o'yin ko'rsatdi. O'tkazib yuborilgan golda nima yuz berdi?

- O'tkazib yuborilgan golga kelsak, agar bugun VAR bo'lganda gol bekor qilinardi. CHunki, u erda darvozabonga hujum bo'lgandi. Bugun hakam kurashishga qo'yib berdi. Umuman olganda butun chempionatda shunday kurashlar bo'lishi kerak. Xorijga chiqqanimizda bizga biroz noqulay bo'ladi. Sababi, mahalliy chempionatda o'zaro kurashlarga unchalik ham imkoniyat qoldirilmaydi. Osiyo maydonlarida esa hakamlar kurashishga qo'yib beradi. Bu yaxshi, albatta. Golda darvozabonga nisbatan qo'pollik bo'lgandi. Posbonimiz simulyaciya qilmadi. U terma jamoa darvozaboni, u birinchi raqam. Raqib o'yinini albatta o'rgangandik. Ular qanday o'ynashadi, standard vaziyatlarda qanday harakat qilishadi. Barchasini o'rgangandik. Bizda bu ishni bajaradigan alohida jamoa bor. 

- Kubok uchrashuvlari doirasida endigina professionallikka qadam qo'yayotgan jamoalar "Navbahor", "Paxtakor", "Bunyodkor" kabi yirik klublar bilan o'ynamoqda. Kichik tumanlarga ham granda jamoalar tashrif buyurishmoqda va u erdagi muxlislar uchun bu albatta yaxshi. SHu haqida fikr bildirsangiz.

- Albatta, bu futbolimizni ommaviylashtiradi. Sir emaski, aynan shu kabi o'yinlarda yangi nomlar paydo bo'ladi. Ular shu kabi o'yinlardan tramplin sifatida foydalanishadi. Bu juda yaxshi boshlanish. "Olimpiya" shunga misol, albatta. Xorij futbolidan malumki, grand klublar shu kabi kichik jamoalar bilan o'ynab, bazida mag'lub ham bo'lishadi. Bu esa o'sha jamoa rivojlanishiga va o'sha jamoadagi o'yinchilar uchun katta futbolga qadam bo'lishi mumkin. Bu juda yaxshi narsa.

- Agar VAR bo'lganida "Navbahor" penalti tepmagan, aksincha "Olimpiya" penaltiga ega bo'lgan bo'lardi. Bundan tashqari, "Navbahor"ning goli ofsayd sabab bekor bo'lgan bo'lardi. Umuman olganda, oxirgi vaqtlardagi hakamlarning xatolari jamoalarga qanday zarar keltirmoqda?

- To'g'risi, hakamlikni muhokama qilish niyatim yo'q. Hakamlar ham biz kabi insonlar. Agar men gapirsam, juda ko'p gap bor. Biroq, bir narsani aytib o'tishim joiz, bazi jamoalardan farqli o'laroq, biz hech qachon nolimaymiz. Bazi jamoalar o'zaro o'yinlarimizdan so'ng penalti bor edi, penalti yo'q edi, deya etiroz bildirishni boshlab yuborishadi. Men hozir faqat faktlarni gapiraman. Uchinchi terda istalgan chempionatda hisoblanadigan gol kiritdik. Golimizni bekor qilishdi. Penalti tepilayotganda raqib o'yinchisi o'sha paytning o'zida o'yinchimiz tomon yugurib keldi. Bu narsalarni biz gapirmaymiz. Hakamlarga esa xato qilish hos narsa, chunki ular ham inson. Biz hech qachon bu kabi mavzularni ko'tarmaymiz. Agar ayb qidirish kerak bo'lsa, inson aybni o'zidan izlashi kerak. Biz mag'lub bo'lsak, hakamning xatolaridan emas, o'z aybimiz bilan mag'lub bo'lgan bo'lamiz. Hakamlik qiyin soha, soniyaning qandaydir ulushida kerakli qarorni qabul qilish kerak. Oxirgi turlarda o'zining barcha kamchiliklarini hakamlarning xatosi bilan xaspo'shlab, qahramonga aylanishga harakat qilayotganlarni ko'ryapmiz. Bunaqasi bo'lmaydi. Inson har bir holatda o'zi bajarayotgan ishga layoqadli ekanligini ko'rsatishi kerak.

Reyting: -16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика