So’nggi yangiliklar

11:02Андижон футболи халқаро майдонга чиқмоқда: "Бешиктош" билан стратегик ҳамкорлик йўлга қўйилмоқда  3 10:32"Барселона" ва "Манчестер Сити" германиялик ҳимоячи учун курашмоқда  1 10:05Трансфермаркт. ОКМК Аҳмадалиевни "Бунёдкор"дан қанчага сотиб олгани маълум  2 09:39ФИФА Африка жамоасига Россия билан ўйнашни тақиқлади  4 09:12"Барселона" 16 ёшли инглиз ҳужумчисининг трансферни келишиб олди  0 08:45"Ливерпуль" Конате ўрнига "Челси" собиқ ҳимоячисини кўзламоқда — Sports Boom  3 08:20"Ғазалкент" 18 ёшли футболчини деярли 300 миллионга сотиб олди  3 07:53УEФА "Барселона"ни катта миқдорда жаримага тортди  3 07:28Романо Зинедин Зиданнинг кейинги жамоасини маълум қилди  1 01:48Микель Артета: "Ютиб турганимизда бизни яхши кўриб қолиш осон. Дуранг ва мағлубиятда ҳам бизни яхши кўринг"  15 01:15Майкл Кэррик: "МЮда қанча ишлашимни мен ҳал қилмайман"  1 01:07Фабио Капелло: "АПЛ - бошқа сайёра"  3 00:59"Истиқлол" ОЧЛ 2'даги омадсизликдан кейин бош мураббийини истеъфога чиқарди  2 00:48Уэйн Руни Гвардиола кетса "Сити" кимни олиб келиши кераклигини айтди  2 00:21"Кристал Пэлас" Гласнернинг истеъфосини тезлаштириши мумкин  0

Samvel Babayan: "Navbahor" - O'zbekistonda klub futbolining drayveri" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Navbahor" - O'zbekistonda klub futbolining drayveri"

"Al Vakra" hamda "Navbahor" o'rtasidagi OFK CHempionlar ligasi saralash bosqichi o'yinidan avval namanganliklar ustozi Samvel Babayan va yarim himoyachi Azim Ahmedov ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Samvel Babayan: "OCHLga qaytish juda yoqimli va shu bilan birgalikda katta masuliyat. Biz mamlakatimizning futbolni ko'proq sevadigan hududi nomidan ishtirok etamiz. Judayam ko'p muxlislar jamoani qo'llab-quvvatlashadi. Bu "Navbahor"ning OCHLdagi dastlabki ishtiroki bo'ladi. So'nggi yillarda "Navbahor" O'zbekistonda klub futbolining drayveri bo'lgani tufayli, keyingi bosqichga o'tadi va bu musobaqada barqaror ishtirok etib boradi deb umid qilaman.

Ertangi bahsdagi maqsadimiz - albatta, o'zimiz uchun kerakli natijaga erishish va muxlislarni quvontirish. Yaxshi jamoaga qarshi to'p tepamiz, ular bu mavsumda yaxshi tarkib yig'ib olishdi, buning isboti sifatida ular milliy chempionatda 3:0 hisobida g'alabaga erishishgani ko'rsatish mumkin.

Biz ertaga to'p tepadigan arena ("Al Janub") Qatarda o'tgan JCHning bezagiga aylandi, bu dizaynerlik sanatining avangardi hisoblanadi. Har bir murabbiy va futbolchi uchun bu arenada o'tadigan bahs ishtirokchisi bo'lish katta sharaf deb bilaman. Ertangi bahs juda qiziq bo'ladi deb o'ylayman".


Azim Ahmedov: "Xudo xohlasa, g'alaba qozonib, ushbu muvaffaqiyatni muxlislarga bag'ishlaymiz."


Samvel Babayan: "Al Vakra"ni tajribali mutaxassis boshqarmoqda. Tarkibda kuchsiz poziciyalar deyarli yo'q. Har bir chiziqda yaxshi futbolchilar etarlicha".


Azim Ahmedov: "Al Vakra"ni yaxshi o'rgandik, tarkibda kuchli futbolchilar bor".


Samvel Babayan: "Qaytaraman, tarkib kuchli, bir necha terma jamoalarning futbolchilar yig'ilgan. Biroq ularning kuchsiz tomonlari ham bor. Bu haqida hozir gapira olmayman, ammo ertangi bahsda kerakli natija qayd etish uchun nima qilishimiz kerakligini yaxshi bilamiz".


Azim Ahmedov: "Al Vakra"ning eng kuchli jihati - hujum ekan".

Reyting: -34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика