So’nggi yangiliklar

10:48ПСЖ ва "Ювентус" ўзаро келишувга эришди  0 10:23"Челси" 24 йиллик анаънадан воз кечади  2 09:56Икич Фране: "Жамоамиз бу ўйинда ғалаба қозонишга ҳақли эди"  0 09:27Германия терма жамоасининг сентябрдаги ўйинлар учун чақирилган футболчилари маълум  2 08:54МЮ Брунуни сотишга тайёр. Унга нарх қўйилди  6 08:27"Бухоро" "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, тарихда илк бор финалга чиққан учрашувдан ФОТОГАЛЕРЕЯ  9 08:00Жароҳатдан қайтган Месси жамоасини Лига кубоги финалига олиб чиқди  9 07:50Германия Кубоги. "Бавария" меҳмонда 3-лига жамоасини мағлуб этди  1 07:31Аморим кечаги мағлубиятга изоҳ берди  8 02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  12 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  17 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0 23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  5 23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  39

Samvel Babayan: "Natija va o'yin sifatidan qoniqish hosil qildim" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Natija va o'yin sifatidan qoniqish hosil qildim"

O'zbekiston terma jamoasi Turkiyadagi yig'ini doirasida Rossiyaning “Amkar” klubiga qarshi bahs olib bordi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi.
Uchrashuvdan so'ng O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan uchrashuv borasida o'z fikrini bildirdi va zaxira kuchini yana bir bor sinab ko'rganini aytdi.

“Bugun rasmiy o'yinlar oldidan navbatdagi o'rtoqlik o'yinini o'tkazdik va terma jamoaning zaxirasini yana bir bor sinab ko'rish imkoniyatiga ega bo'ldik. SHuningdek, bugungi o'yin orqali o'yinchilarning jismoniy holatini ham tekshirish imkoniga ega bo'ldik”, – deydi milliy terma jamoa bosh murabbiyi.

“Aytishim mumkinki, so'nggi o'rtoqlik o'yinlarida optimal tarkibni sinab ko'rish imkoniyatiga ega bo'lmadik va bu o'yinlar asosan zaxira kuchimizni, terma jamoaga potencial nomzodlarni saralab olishga imkon beradi. Bugun hujumda to'p surgan futbolchilarimiz, bizning asosiy tarkibdagi hujumchilarimiz sanaladi. Ularning bugungi o'zaro harakatlarini ko'zdan kechirish biz uchun muhim edi. Umuman, futbolchilarning bugungi o'yinidan, ularning bugungi harakatlaridan ko'nglim to'ldi”, – dedi Babayan.

“Biz bugungi o'yin orqali, shuningdek, yoshlarga ham imkon berishga harakat qildik. Tarkibdagi ayrim o'yinchilar milliy chempionat o'yinlariga ham tayyorgarlikni boshlab yuborishgan, ayrim futbolchilar esa Osiyo CHempionlar Ligasi o'yinlariga tayyorgarlik ko'rishmoqda. SHu bois, yig'in orqali, ularning o'z formalarini optimal holatga keltirishlari uchun harakat qildik. Umuman, bugungi natijadan va o'yin sifatidan qoniqish hosil qildim”, – deya fikrini yakunladi Samvel Babayan.
Reyting: -100   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика