Samvel Babayan MTJ bosh murabbiyi... Bugungi qarorlar to'g'rimi?
23 iyu 2015 16:53
Yangiliklar

Samvel Babayan MTJ bosh murabbiyi... Bugungi qarorlar to'g'rimi?
Avvalo shuni takidlab o'tishni istardim-ki, hech kim Qosimovni bo'shatgani yo'q.
Uni o'zi ariza yozdi. Balki ishlay olmagandir, balki unga ishonishmayotganiga o'zini qo'lga ololmadi. Kerak paytda muhim qarorlarni qabul qilishda balki adashgandir. Balki rostan ham MTJga to'g'ri kelmas. Balki va agarlardan ko'pi bormi? Lekin bugun u endi MTJ bosh murabbiyi emas, bugundan boshlab endi Samvel Babayan terma jamoaning bosh murabbiyi.
"Yomg'irdan qutulib do'lga tutildikmi?" Bu savolga javobni mana shu saralash bosqichining o'zidayoq olishimiz mumkin. Muxlislar agar Qosimov ketadigan bo'lsa xorijdan mutaxassis kelishini kutgan edilar. Ammo unday bo'lib chiqmadi. Kerak bo'lsa, murabbiylik "staji" Qosimovnikidan ancha kam bo'lgan mutaxassis keldi. Bo'lib ham oliy ligadan.
O'zini hurmat qiladigan, rostan ham mamlakat futbolining ravnaqiga xissa qo'shishni istagan mutaxassis avvalo moddiy texnika baza va futbolga bo'lgan munosabatni ko'rib chiqadi. Ayni paytda bizda futbolga bo'lgan munosabat va moddiy texnika baza bironta chet ellik mutaxassisga to'g'ri kelmaydi. O'z paytida nima uchun Abramov terma jamoada ishlay olgan edi, gap uning murabbiylik salohiyatida ketmayapti. U kuchli menejer edi, o'z manfaati yo'lida vaziyatdan chiqib ketish uchun bosh qotira olardi. O'zini ortiqcha markazga tashlab qo'ymagan edi. Qosimov esa "Bunyodkor"da murabbiy edi, professional klubda uni gapirmasidan tushunishardi. Barcha narsalar muhayyo edi, lekin MTJda unday bo'lmadi. Aksiga olib, u boriga ko'nikdi, ko'pini talab qila olmadi. Aslida ko'pini emas, qilinishi kerak bo'lgan narsalarni talab qila olmadi. Futbolda esa mayda narsa bo'lmaydi.
Babayanda esa tashkilotchilik borasida tajriba bor. Qosimov va uning o'rtasidagi yagona farq shu bo'lishi mumkin. Markazda hech qanday o'zgarish bo'lmadi, demakki, Qosimov qanday sharoitda ishlagan bo'lsa, Babayan ham shunday ishlaydi. Agar sharoit o'zgarishiga ko'zi etganida Qosimov yana biroz chidagan bo'lardi.
Endi terma jamoa murabbiylar shtabida aniq o'zgarishlar bo'ladi. Katta ehtimol bilan "Paxtakor" darvozabonlari murabbiyi Anvar Rashidov terma jamoaga qaytadi. Betaraf fikrni aytsam, bu kishining futbolchilar orasida hurmati katta, uni bazi qiliqlari bor, ammo ruhiy holatni ko'tarishdagi roli katta. Yana kimlar murabbiylar shtabidan o'rin oladi? Balki Berdiev, balki SHkvirin. Boshqa nomzod esa yo'q.
Lekin men olipmiya terma jamoasiga Viktor Jalilovni tayinlanishiga qarshiman. Bu kishi allaqachon dam olish yoshiga etgan va endi safdan chiqsa bo'ladi. Uning futbolga bo'lgan qarashlari eskirib bo'ldi, qolaversa ancha yillardan beri bosh murabbiy vazifasida ishlamadi.
Jalilov bu terma jamoa hisobidagi to'rtinchi murabbiy bo'ldi. Menimcha bitta avlod terma jamoasida buncha ko'p murabbiy almashtirilishi jahon futboli tarixida birinchi marotaba ko'zga tashlanishi. Bu terma jamoani ilk marotaba Ahmadjon Musaev o'z qo'liga olgan, undan keyin Maqsudov, ko'p o'tmay Ashurmatov.
Endi savol, biz JCHga chiqa olamizmi? Menimcha JCH-2018 odatdagi harakatlardan biri bo'ladi. Bugun Surxondaryoda bo'lib qaytdik. 2 kun davomida viloyatning beshta tumanida bo'ldik. Bolalar futboli va viloyat futbol federaciyasi tomonidan qilinayotgan ishlar bilan tanishdik. Viloyatda hattoki, o'tkazilinishi shart bo'lgan ikkinchi liga musobaqasi yo'q. Muammoni tub-tubiga sho'ng'ishga harakat qildik, qancha tubiga kirsak, shuncha qo'rqinchli ko'rinish olaverdi. SHuning uchun terma jamoa o'yinlari va mashg'ulotlarini o'z odatimizga ko'ra yoritishda davom etaveramiz. Ammo bir harakat qilib ko'ramiz, balki kerakli odamlarga, kerakli takliflarni berish orqali biroz bo'lsada futbolimizning rivojiga xissa qo'shib ko'ramiz.
Menimcha biz 2026 yili aniq JCHga chiqamiz, agar ishni bugundan to'g'ri yo'lga qo'ya boshlasak. 2018 va 2022dagi JCHlardan birida qatnashishimiz mumkin bo'lar, ammo bunga qitadagi sensaciya sifatida qarashimiz mumkin bo'ladi xolos. JCHga esa munosib bo'lish kerak.
Nodirxo'ja Yuldashev

Fikrlar