So’nggi yangiliklar

00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  1 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  8 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  16 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5 18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  5 18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  15 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  1

Samvel Babayan: "Mavsum yakuniga qadar jamoalar shunday raqobat qilishini istardim" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Mavsum yakuniga qadar jamoalar shunday raqobat qilishini istardim"

O'zbekiston Kubogi 2-turi doirasida "Andijon" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "Navbahor" ustozi Samvel Babayan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


- Barchaga hayrli kech. Biz uchun Kubok o'yinlari muhim. Istalgan raqib bu turnirda xohlagan paytda muammolar keltirib chiqarishi mumkin. SHuningdek, bu erda oliy va birinchi liga jamoalari o'zaro bahs olib borishadi. Bu ham qiziqarli. Bugungi raqib esa biz uchun derbi. Bu raqibga qarshi o'yinlar doimo qiziqarli bo'lgan. "Andijon" bilan kubokdagi natijalarimiz unchalik yaxshi emasdi. Muhimi g'alaba qozondik, birgina gol urdik. Maydonda katta muammolar yuzaga keldi. G'alaba bilan tabriklayman. Oldinga harakatlanishda davom etyapmiz. Pley-off bosqichiga chiqdik. Muxlislarimizni ham tabriklayman. Yigitlarga minnatdorlik bildiraman. Bizda taqvim juda zich bo'lishiga qaramasdan bor kuchi bilan o'ynashmoqda. Ular kuchni boshqa ishlarga yo'naltirmasdan, o'yinga etibor qaratib, g'alaba qanchalar muhimligini ko'rsatishdi. SHuningdek, o'zlarining kayfiyati qanchalar yaxshi ekanligini namoyish qilib berishdi. Yigitlardan mamnunman, ular xarakter ko'rsatishmoqda. Jamoada xarakter bor, ular buni qiyin vaziyatlarda ko'rsata olishmoqda. Bu esa biz sekin-sekin yaxshi yo'nalishga tushib olayotganimizni ko'rsatadi. Xatolarni taxlil qilishda davom etamiz va navbatdagi o'yinlarda mustahkamroq o'ynab, raqibning qarshiligini kuchliroq tarzda engishga harakat qilamiz. 

- 2023 yil davomida o'z maydonimizda bo'layotgan o'yinlarda gol o'tkazib yubormadik. Savolim shunday: navbatdagi uchrashuvlarda Davron Hoshimov maydonga tushadimi?

- Bugungi kunda aynan shu statistikada etakchi bo'lib turibmiz. Turnir jadvalida peshqadam bo'lish uchun ham imkoniyatlar etarlicha. Ik navbatda aytishim kerakki, tarkibda katta o'zgarishlar bo'ldi, ko'plab yangi futbolchilar kelishdi. Mudofaa chizig'idan faqatgina Golban qoldi. Bu ham bir jiddiy sinov biz uchun. SHunda ham biz himoyada ishonchli o'yin ko'rsatyapmiz. SHunday ruxda davom etishimiz kerak. Jamoa qurayotgandagi asosiy vazifa - himoya qo'rg'onini mustahkam qilish hisoblanadi. Hozircha biz buni uddalayapmiz. Davronning sog'lig'ida haqiqatdan ham muammolar bor. Ammo jarohat unchalik jiddiy emas, shu sababli u umumiy guruhda biz bilan shug'ullanmoqda. Uni tez orada maydonda ko'rasiz, deb o'ylayman. 

- So'nggi paytlarda g'alabalar muxlislar va klub xodimlari tomonidan unchalik katta rux bilan qabul qilinmayapti. Bu g'alabalarga o'rganib qolingandanmi yoki g'alabalarga qiyinchilik bilan erishilayotgandanmi?

- G'alabaga o'rganib qolish - yaxshi tarix. Muxlislar menimcha, g'alabalarga o'rganib qolishdi va oddiy holat sifatida qarashmoqda. Umuman olganda raqiblar bizga qarshi 200 foizlik kuch bilan o'ynashmoqda, himoyada tartibli harakatlanishmoqda. Buni "Surxon" bilan o'yinda ham ko'rdik, shuningdek, bugun ham. Barcha futbolchilar birdaniga bir chiziqqa terilib olishadi va har bir hududda to'p uchun jiddiy kurashishadi. To'g'risini aytsam, bunday holat yilning oxirigacha bo'lishini istayman. Xuddi o'tgan mavsumdagidek. O'tgan mavsum juda qiziqarli bo'lgandi. SHunday daraja orqali chempionat o'sadi. Ko'p narsa shunga bog'liq. G'alabalarning qiyin kelishi - futbolchilarning ruxiyatini mustahkam qiladi. "Navbahor"da kim ishlashidan qati nazar - futbolchi bo'ladimi yoki mamuriyat, barcha masullar muxlislarning mamnunligi, xursandchiligi uchun ishlashi kerak. SHuning uchun biz o'ynayapmiz, ishlayapmiz. 

- Luka CHermelning zaxiraga olinishi sababi nimada edi?

- Tanaffusda unda muammo bor edi. Birinchi bo'limda u kontaktli vaziyatda jarohat olgandi. Bu ishchi jarohat, maydonga chiqayotganda bu jarohat unga tasir qilishini bilgandim. Uning o'rniga Ibrohim Yo'ldoshev maydonga tushdi. Ko'rdingizmi, u gol urdi. Demak, qaror to'g'ri bo'lgan. Yigitcha maydonga tushib, yaxshi o'yin namoyish qildi. 

- Ayni damda "Navbahor" ikki hujumchi bilan o'ynamoqda. Biroq hujumchilar kam gol urishyapti. Gollarni asosan yarim himoyachilar urishmoqda. Bunga sabab nimada?

- "Navbahor"ning gollar statistikasiga qarasangiz, deyarli yarim jamoa gol urgan. Bu esa tarkibda maydonga tushayotgan istalgan futbolchi to'p kiritishi mumkin degani. Bu yaxshimi yoki yomon? Men uchun yaxshi. Bugungi futbolda universalizaciya tushunchasi ommalashmoqda. Yani, kimdir hujumchining soniga qarab gol bo'lishini hisoblayotgan bo'lsa, buni xato deb hisoblayman. Bugun maydonga tushgan ikki sof hujumchimiz boshqqaq vazifalarni ham bajardi. Temurxo'ja ko'proq orqaroqda o'ynadi. O'yinni ikkinchi hujum sifatida boshladi, keyin markazga ko'chdi. Birozdan so'ng o'ngda o'ynadi. "Navbahor"da hujum harakatlari hujumchilarning soniga bog'liq emas. Bizda istalgan futbolchi gol urishi mumkin, bu esa yaxshi ko'rsatkich.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика