So’nggi yangiliklar

02:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ювентус" минимал ҳисобда енгиб, чорак финалга йўл олди  41 00:50"Арсенал" Гёкереш билан деярли келишиб олди  0 00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  2 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  3 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  3 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2

Samvel Babayan: "G'alabaga har qanday yo'l bilan erishish shart edi" Yangiliklar

Samvel Babayan: "G'alabaga har qanday yo'l bilan erishish shart edi"

O'zbekiston - Qatar uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Samvel Babayan o'z fikrlarini bildirdi.

"Biz har qanday uslub bilan g'alaba qozonishimiz shart edi. Barcha muxlislarga katta rahmat aytaman. Juda qiyin 3 ochkoni qo'lga kiritdik. Mag'lubiyat va g'alaba o'rtasida masofa juda yaqinligini kecha ham aytgandim. G'alaba bilan tabriklayman", - deydi Samvel Babayan.

- Jarimadan urilgan gol oldindan o'ylanganmidi? Yoki tasodifmi?

- Biz bir necha marta jarima to'pini amalga oshirdik. O'sha vaziyatda omadimiz ham keldi. Eronga qarshi bahsda faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz. Hozirda yigitlarimiz to'la formada emas. Bundan tashqari Xitoydagi limit ham bizga qarshi bo'lmoqda. Krimec maydonga tushmayapti, bu Suriyaga qarshi o'yinda bizga pand berdi.

- Bugun O'zbekiston terma jamoasi atiga 2ta aniq zarba berdi. Bu zarbalar Janubiy Koreya va Eronni yutish uchun kamlik qilmaydimi?

- Jahon chempionati saralash bahslarida aniq zarba, taktika boshqa narsalar ikkinchi darajaga tushadi. Faqat yutish kerak. Har qanday yo'l bilan.

- Nega gol urilganidan so'ng hujumga o'tmadik?

- Bilasizmi 1:0 ga ham 2:0 ham uch ochko beradi. SHu bois biz natijani saqlab qolishga urindik. CHiroyli futbolni mundialga yo'llanma olganimizdan so'ng ko'rsatamiz. Xudo xohlasa.

- Qanot futbolchilarining o'yinidan qanchalik qoniqdingiz?

- Eldor SHomurodov to'liq holda terma jamoaga etib kelgani yo'q. Bugun 80 foizga o'z o'yinini ko'rsatdi. Rashidov esa charchab qolgani uchun uning o'rniga boshqa futbolchini tushirdi.

- Siz doim takidlaysiz, bizning asosiy tarkibimiz o'ynay olmayapti. Yo'qotishlar bo'lmoqda deb. Demak sizda 11 nafar futbolchi bor ular maydonga tushishadi. Bunday holda zaxira futbolchilarida motivaciya yo'qolib qolmaydimi?

- Vatan shani turganda motivaciya haqida gap so'z bo'lishi mumkin emas. Tarkibimizda kuchli futbolchilar kam, ulardan maksimal foydalanishimiz kerak. Bugun zaxirada o'tirganlar O'zbekiston terma jamoasining kelajagi. Ularga ham ishonamiz.

Barcha bizni qo'llab turganlarga rahmat aytaman. Keyingi o'yinga barcha futbolchilarimiz sog' salomat kelishlarini niyat qilamiz.


Narzulla Saydullaev

Reyting: -221   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика