So’nggi yangiliklar

14:53Суперлига. "Олимпик" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  0 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  5 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  0 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  18 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  6 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  3 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  5 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0

Samvel Babayan: "Falsafamiz - hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Falsafamiz - hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun"

Bugun, 9 iyul kuni O'FF anjumanlar zalida O'zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Samvel Babayan bilan birinchi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

"Bir necha kun avval O'FF ijroqo'mida milliy va olimpiya terma jamoasiga xorijiy mutaxassisni jalb qilish qarori qabul qilingan edi. Evropa va Afrika davlatlaridagi mutaxassislarni ko'rib chiqdik va Deyan Jurjevich nomzodida to'xtaldik. Bu murabbiy milliy va olimpiya terma jamoasida yordamchi murabbiy etib tayinlandi. Serbiyalik murabbiy bilan 2016 yil 31 mart oyiga qadar shartnoma tuzildi. Bu murabbiy olimpiya terma jamoani olimpiya o'yinlariga chiqishda, milliy terma jamoaning Osiyo chempionati final bosqichi va Jahon chempionati final bosqichiga chiqish yo'lida yordam beradi. Deyan asosan raqiblarni o'rganishda, terma jamoa murabbiylari bilan o'z malakasi va tajribasini almashib boradi. Bugun u O'FF bilan rasman shartnoma tuzdi. Bosh murabbiy etib Samvel Babayan oldiga milliy terma jamoa bilan JCH-2018 va OK-2019 final bosqichiga olib chiqish vazifasi qo'yildi", - deydi O'FF terma jamoalar markaziy rahbari Asqar Tolibjonov.

Meni terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlashlari kutilmagan va yoqimli holat bo'ldi. Menga katta ishonch bildirishgani uchun O'FF prezidentiga minnatdorchilik bildiraman. Umid qilamanki, biz birktirilgan vazifalarni bajaramiz. Asosiy maqsadimiz JCHga yo'l olish, - deydi Babayan.

"Olimpiya terma jamoasi Qatardagi Osiyo chempionati final bosqichiga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz. Quradan so'ng raqiblar nomi malum bo'ladi. Bizning futbolimiz potenciali yuqori, qaysidir jihatlarini yuksaltirish kerak. Mehnat qilish vaqtida barchamiz bir kuch bo'lib harakat qilishimiz kerak", - deydi Viktor Jalilov.

- Terma jamoa rejalari PFL taqvimi bilan mos tushadimi?
Samvel Babayan:
- PFL rahbarlari bilan bu borada suhbat qurdik. Milliy terma jamoa yig'inlaridan bir hafta oldin ixtiyorimizga qo'shilishiga erishmoqchimiz. Mening taklifim bilan bundan buyon oliy ligada legioner darvozabon o'ynamaydi. Sababi o'zimizda ham yaxshi darvozabonlar bor. Ularni maydonga tushirib ularga imkon berish kerak.

- Evropadan, Afrikadan murabbiylarni ko'rib chiqdik dedingiz. Aynan qaysi murabbiylarni nomzodlarini o'rganib chiqdingiz? Aynan nima uchun Jurjevich nomzodi tanlandi?
Asqar Tolibojonov:
- Hozir yangi murabbiy oldida familiyalarni aytsam to'g'ri bo'lmasa kerak. Jurjevich ushbu murabbiylar bilan birga ishlagan, bundan tashqari u ozmi ko'pmi rus tilini biladi. SHu va boshqa jihatlari tufayli serbiyalik mutaxassisni tanladik.

- Kuchli raqiblar bilan ham o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkaziladimi?
Samvel Babayan:
- Kuchli raqiblar bilan o'yin o'tkazishni istaymiz. Ammo maqsad kuchli raqib bilan o'ynash emas saralashdagi raqiblarimizga o'xshaydigan jamoalar bilan o'ynashimiz kerak. Bir soat oldin O'FF prezidenti bilan gaplashdik. Mirabror Usmonov barcha kerakli sharoitlarni yaratib berayaptilar.

- Sizni oldingizga katta vazifalar qo'yilgan. Umuman olimpiya terma jamoasiga kerakli kadrlarni tanlashda sizga muammo bo'lmaydimi?
Viktor Jalilov:
- Olimpiya terma jamoasiga yaxshi va kuchli futbolchilarni jalb etamiz. Oldimizda katta tanlov bor. Barcha nomzodlarni diqqat bilan kuzatamiz va munosiblarini olimpiya terma jamoasiga jalb etamiz. Yosh istedodli futbolchilar ko'p, biroq yoshlar tez-tez o'zgarib turishadi. SHu bois bu borada ancha barcha jihatlarni etiborga olamiz. Aslida mendan oldingi murabbiylar katta hajmdagi ishni olib borishganini takidlayman. Iyul oyidagi yig'inimizga bir qator yangi futbolchilarni chaqirdik. Klublarida zaxirada qolib ketayotgan bazi futbolchilarga ham imkon beramiz. Hozir kengaytirilgan ro'yxatimizda 50 nafar futbolchi bor.

- Igor Sergeev bu yil asosiy etiborini milliy terma jamoaga qaratadimi yoki olimpiya terma jamoasigami?
Samvel Babayan:
- Sergeev milliy terma jamoaning asosiy hujumchisi. Olimpiya terma jamoasida dekabr oyida yig'in o'tkazadi va yanvar oyida Qatardagi Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Iyul oyidagi yig'inga bir qator hujumchilarni jalb qildik. Geynrix, Abduxoliqov kabi hujumchilarni sinab ko'rish rejamizda bor.

- Bir necha yillardan buyon terma jamoalarning uzoq muddatli yig'inlari tufayli futbolchilar klublaridan uzoqlashib ketishdi va xatto "yo'qolib qolishdi"...
Asqar Tolibjonov:
To'g'ri gapirdingiz. Terma jamoa yig'ini FIFA kunlarida bo'lib o'tadi. Futbolchilar ko'proq o'z klublari ixtiyorida bo'lishadi.

- 11 iyuldan yig'in boshlanar ekan. O'yinlar qachon va qaerda bo'lishini ayta olasizmi?
Asqar Tolibjonov:
- Milliy va olimpiya terma jamoamiz 19-26 iyul kunlari yig'in o'tkazadi. 22 va 25 iyul kunlari o'zaro o'yin o'tkaziladi. Birinchi o'yin "Jar" stadionida, ikkinchi bahs "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi.

- O'zbekistonga hush kelibsiz. O'zbekiston futbolining kelajagi haqida nima deya olasiz?
Deyan Jurjevich :
- Bu erda o'tirganimdan baxtiyorman. Samvel Babayanga taklif uchun rahmat aytaman. Men o'z do'stlarim yoniga qaytdim. Bu eng muhimi. O'zbekiston futboliga yordam berish uchun keldim, bu davlatni juda yaxshi bilaman. Buxoro va Samarqandni ko'rib bo'lganman, turist sifatida emas ishlash uchun keldim. Sizlarda juda ko'plab yosh va qobiliyatli futbolchilar bor. Babayan qanday murabbiy ekanini va qanday talabchan ekanini yaxshi bilaman. Milliy terma jamoa uchun barcha birlashib ishlashi kerak. Men milliy, olimpiya va yoshlar terma jamoalarida ishlab bog'lovchilik qilmoqchiman. Bu borada Serbiyada ham ishlaganman.

- Terma jamoa tarkibida katta o'zgarishlar qilinadimi yoki tajribali futbolchilardan xizmatidan voz kechmaysizmi?
Samvel Babayan:
- Bugun ixtiyorimizdagi jamoa O'zbekiston tarixida eng kuchli terma jamoa deya olaman. Bu jamoa bilan barcha istayotgan maqsadga erishish mumkin. Katta o'zgarishlar bo'lmaydi, sababi tajribali futbolchilar yoshlarga o'rnak bo'lishlari kerak. Navbatdagi yig'inga 4 nafar yoshlar terma jamoasidan futbolchi chaqirganmiz. Ular asta sekin milliy terma jamoa havosidan nafas olib borishi kerak.

Deyan Jurjevich: Serbiya yoshlar o'rtasidagi Jahon chempioni bo'ldi. Sababi bolalar futboliga etibor katta bo'ldi. Aynan shuning o'rni juda katta bo'ldi. O'zbekistonda ham multi-tizimni ishga tushirib olish kerak. Buni qanchalik tez qilsak shuncha yaxshi.

- MTJ va OTJ murabbiylar shtabi vakillari nomi aniq bo'ldimi yoki yana o'zgartirishlar bo'ladimi?
Asqar Tolibjonov:
Barcha terma jamoalar murabbiylar shtabi shakllantirildi. Murabbiylar nomi malum. Bosh murabbiy o'zi istagan yordamchilarga ega bo'ldi. Endi terma jamoaning texnik guruhi kengaydi. Milliy terma jamoada bosh murabbiy Samvel Babayan, katta murabbiy Ravshan Haydarov, yordamchi murabbiy Deyan Jurjevich, darvozabonlar murabbiyi Anvar Rashidov, jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Andrey SHipilov.

O'zbekiston milliy terma jamoasining yangi o'yin uslubi, falsafasi qanday bo'ladi?
Samvel Babayan: Klubda malum falsafani kiritish osonroq. Terma jamoada esa futbolchilar kamroq bo'lishadi. Jamoa raqobatbardosh bo'lishi, bir qator taktik sxemalarga ega bo'lishi kerak. Bizning uslubimiz bitta bo'ladi - natijaga va g'alabaga erishish. Barchamiz terma jamoaning Jahon chempionatiga chiqishni istaydi, shu maqsad, shu orzu yo'lida birlashib ishlashimiz lozim. Terma jamoaga kelgan barcha futbolchilar jonini berib o'ynaydi, har xil gaplarga etibor qilmang. Har bir futbolchi vatanparvar. Milliy terma jamoada oilaviy muhitni yaratishni maqsad qilganman. "Hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun", bu bizning shiorimiz bo'ladi. Barchamiz bir maqsad yo'lida birlashishimiz kerak. Xudo nasib qilsa Jahon chempionatiga yo'llanma olamiz.

- Sizni juda tajribali murabbiy sifatida bilamiz. Ammo so'nggi yillarda bosh murabbiy bo'lib ishlamadingiz. Bu sizga tasir qilmaydimi?
Viktor Jalilov: -
Buni natijalar ko'rsatib beradi. Bosh murabbiy bo'lib faoliyat olib bormagan bo'lsam ham klubda maslahatchi murabbiy sifatida ishladim. Olimpiya terma jamoasining potenciali juda yuqori. Ularga ko'proq etibor qilsak biz ham qo'yilgan vazifani bajara olamiz.

- 4 yil oldin olimpiya terma jamoasida Marat Miftaxutdinov bosh murabbiy sifatida ishlagan, milliy terma jamoa ustozi Vadim Abramov barcha natijaga javob berardi. Hozir ham shunday bo'lmaydimi?
Samvel Babayan:
- Hozir eng asosiy o'yinlar bu milliy terma jamoa o'yinlari. Olimpiya terma jamoasi yanvar oyida o'ynaydi. O'sha paytga kelib men ham Viktor Jalilovga yordam beraman. Xatto siz jurnalistlarning ham yordami kerak bo'ladi.


SHaxboz Beg'amov va Narzulla Saydullaev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика