So’nggi yangiliklar

07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  0 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2

Samvel Babayan: "Eyforiya yo'q, bugungi bahsda yo'l qo'yilgan xatolardan to'g'ri xulosa chiqarib, vaziyatga real baho beramiz" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Eyforiya yo'q, bugungi bahsda yo'l qo'yilgan xatolardan to'g'ri xulosa chiqarib, vaziyatga real baho beramiz"

Teglar :  Samvel Babayan
"Navbahor" - "Qizilqum" uchrashuvidan so'ng mezbon jamoa ustozi Samvel Babayan jurnalistlar savollariga javob berdi.

"Navbahor" muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. Biz ishqibozlar uchun o'ynaymiz. Doimo g'alaba va xursandchilik bo'lsin.

O'yinga to'xtaladigan bo'lsak, mavsumning birinchi bahsi bo'lgani tufayli futbolchilarda hayajon sezildi. Umuman olganda uchrashuv boshidan oxirigacha nazorat bizning qo'limizda bo'ldi. Birinchi o'yinda futbolchilarimiz muxlislarga rohat ulashadigan o'yin namoyish etishdi. Bu mavsumda oddiy o'yinlar bo'lmasligini guvohi bo'lyapmiz, har bir jamoa yaxshi selekciyani amalga oshirdi, bu yilgi chempionat avvalgisidanda qiziqroq bo'lsa kerak.

- Bir yil avval "Navbahor"ga kelgan Egor Krimec hali ham jamoada debyut o'yinini o'tkazmadi. Uning jarohati o'ta jiddiymi? Uning keyingi taqdiri nima bo'ladi?

- Krimecda haqiqatdan ham jarohat og'ir va u faoliyatini davom ettirishi qiyin. Men Egor bilan doimo aloqadaman. Umid qilamanki, u kelajakda "Navbahor" va milliy jamoamizga yordam beradi.

- Hisob 1:0 paytida muxlislar o'zgarish talab qilishdi va amalga oshirilgan o'zgarishlar foyda berdi. Bunga qanday izoh berasiz?

- O'zgarishlar muxlislarning talabi bilan amalga oshgani yo'q, vaziyatga qarab ish tutdik. Muxlislar g'alabani xohlashadi va shu sabab ehtiroslariga tayanib fikr bildirishadi. Bu mavsum oddiy jamoalar bo'lmaydi, har bir jamoa "Navbahor"ga qarshi o'zgacha tayyorgarlik bilan chiqadi. Hujum va himoyadagi o'yinimiz yaxshi.

- Keyingi raqib "Metallurg", ular "Neftchi"ga yirik hisobda mag'lub bo'lishdi. Bu bahsga tayyorgarlik qanday bo'ladi?

- Eyforiya yo'q, bugungi bahsda yo'l qo'yilgan xatolardan to'g'ri xulosa chiqarib, vaziyatga real baho beramiz. Avval aytganimdek, bu mavsum oddiy jamoalar bo'lmaydi. Oldimizga oliy maqsadlar qo'yilgan.

- Mamlakatimizda U20 Osiyo chempionati o'tkazilyapti. Yordamchi murabbiylar yoki skautlar futbolchilarni kuzatib boryaptimi?

- Bu yigitlarni yaxshi taniyman. Ko'plab futbolchilarni 10 yoshligidan bilaman. Hammani kuzatib boryapmiz, biroq ularning amaldagi shartnomalari bor. Bizning vakil ham ushbu terma jamoada o'ynayapti. Viloyat hokimi boshchiligida akademiya yaratish bo'yicha ishlar amalga oshirilmoqda.


So'zim oxirida muxlislarga rahmat aytib, qilayotgan barcha ishlarimiz muxlislarni baxtli qilish uchun amalga oshirilmoqda! Bizni qo'llab-quvvatlashda davom eting.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика