So’nggi yangiliklar

00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  3 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  1 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  13 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  1 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  15 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  16 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  4 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  18 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  8 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  50 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  33

Samvel Babayan: "Ertaga g'alaba qozonsak, "Navbahor" ikkinchi marta o'zbek futboli tarixiga kiradi" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Ertaga g'alaba qozonsak, "Navbahor" ikkinchi marta o'zbek futboli tarixiga kiradi"

30 oktyabr kuni Buxoro shahri O'zbekiston Coca Cola Kubogi finaliga mezbonlik qiladi.

Unda Namanganning "Navbahor" jamoasi Qarshining "Nasaf" klubi bilan to'qnash keladi. Bugun Sahid Zarafshon mehmonxonasida "Navbahor" azolari – bosh murabbiy Samvel Babayan, yarim himoyachi Jamshid Iskanderov va hujumchi Zoran Marushich ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.



Dastlab jamoa ustozi Samvel Babayan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bugungi matbuot anjumanida qatnashayotgan hammaga xayrli kech. Tarixiy maskan Buxoro shahrida bo'lib turganimizdan xursandmiz. Finalga kelsak, bu o'ziga xos bayram. Biz aynan shu uchun faoliyat olib boramiz. 

Bu men uchun 11-final bo'ladi. Ochig'ini aytsam, ertangi final – eng muhimi. CHunki navbatdagi futbol markazi tug'ilmoqda. Namanganda futbol qayta oyoqqa turishi uchun katta narsa qilindi. Bu o'zbek futboli uchun foyda keltiradi.

Tayyogarlikka kelsak, oldin aytganimdek, jamoamiz safida yosh yigitlar, 16 yoshli terma azolari ham qatnashmoqda. Final biz uchun muhim. CHunki g'alaba ularning o'sishida katta xizmat qiladi. Namangan viloyatida hokim boshchiligida katta ishlar olib borildi. 2-4 yil g'alabalar, kubok, sovrinli o'rinlar uchun kurashish yo'q edi. Qilgan mehnatimiz, reanimaciya jarayonidan o'tib olganimiz meva berishi kerak. Alohida aytishim kerak, U-16 asosiy tarkibining 6 nafar futbolchisi "Navbahor" azolari sanalishadi. Bundan tashqari, U-18 va U-20 termalarida ham o'yinchilarimiz bor. Kubokdagi g'alaba yigitlar rivojlanishida juda muhim. Ertaga qiziqarli o'yin bo'ladi".    



SHundan so'ng Jamshid Iskanderovga so'z berildi. 

"Jamoamiz yaxshi holatda. Bugun stadionda mashg'ulot o'tkazdik. Xudo xohlasa, o'yinga tayyormiz".



Iskanderovdan keyin hujumchi Zoran Marushichga navbat etib keldi. 

"Mavsum avvalidayoq o'z oldimizga 2 ta musobada g'olib chiqish vazifasini maqsad qilib qo'ygandik. SHukrki, ayni paytda ushbu bosqichgacha etib kelishning uddasidan chiqdik. Ertangi uchrashuv juda ham qiziq va shiddatli o'tishiga vada bera olaman. Bizni oldinda "Nasaf" bilan qiziqarli bahs kutib turibdi. Xursand holda ortga qaytish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz".



- Murabbiyga savol. Ertangi o'yin siz uchun muhim. Birinchidan, qaytishingiz. Ikkinchidan, Osiyo CHempionlar Ligasi yo'llanmasi o'rtaga tikilgan. SHu tomondan olib qaralsa, sizda hayajon bormi?

- Meni faoliyatimdagi 11-final kutib turibdi. Hayajon yo'q, deyish xato bo'ladi. Yuqorida aytganimdek, biz aynan shu uchun mehnat qilamiz. Muvaffaqiyatga erishsak, yana bir futbol markazi yaraladi. Nafaqat Namangan, balki o'zbek futboli rivoj topadi. Ertangi final OCHLga ham yo'llanma taqdim etadi. Mavsum oldidan asosiy maqsadimiz OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritish edi. Avvalroq stress holatiga tushganimga kelsak, bu ortda qoldi. Faqat jamoani oldinga boshlash qoldi. Qolgan hammasiga esa tayyormiz.


- Murabbiyga savol. Katta o'yinlarga doim syurprizlar bilan kelasiz, tavakkal qilishdan qo'rqmaysiz. Ertangi uchrashuvda ham syuprizlar ko'ramizmi yoki ehtiyotkorlik asosiy o'rinda bo'ladimi?

- Jarohat bilan bog'liq muammolarimiz bor. Haligacha shu bilan bog'liq holatda bir qarorga kelganimizcha yo'q. Umuman olganda, jamoa asosi o'zgarishsiz qolgan. "Navbahor" mavsum davomida o'yindan o'yinga kuchayish orqali, ko'p narsani isbotladi. Ehtimol, o'zgarishlar bo'lar. Ertaga ko'rasiz.


- Murabbiyga savol. "Navbahor" Oston O'runovga qiziqayotgani haqida eshitdik. Bu qanchalik to'g'ri?

- Ha, uning O'zbekistonga qaytishi haqida gap-so'zlar uchradi. Ochig'ini aytsam, na men, na rahbariyat bu bo'yicha ish olib bordik.



- Murabbiyga savol. Ko'pchilik ikki jamoadan ham yopiq o'yin kutyapti. "Navbahor" ikkinchi davradagi o'yinda hujumkor o'ynab, g'alaba qozongandi. Ertangi rejalaringiz qanaqa? Ehtiyotkor o'yin yoki ochiq futbol? 

- Hozir hammasini aytib bersam, sirligi qolmaydi. Ertaga ko'rasiz.


- Murabbiyga savol. "Navbahor" futbolimiz ichida trendda. Siz boshqarayotgan jamoa trendda ekanligi sizga bosim yuklaydimi yoki bu ishlashingizga osonroqmi?

- Namanganda ishlash oson emas. Nega? CHunki murabbiy sifatida ham, futbolchi sifatida ham bosim ostida bo'lasiz. Bu erda hamma ham faoliyat olib bora olmaydi. Ular ketgach, boshqa joylarda ishlab keta olishgan, lekin "Navbahor"dagi faoliyatlari yurishib ketmagan. Sababi, birinchidan, 24 yil bo'lmagan anana endi-endi qaytmoqda. Balki bizgacha ishlaganlar stress holatiga dosh bera olishmagandir. Bugungi kunda amaldagi klub loyihasida ishlayotganlar stressga bardosh bera oladigan va xarakterli insonlardir. Yana qaytaraman, juda ko'p stressga tushdim, bu odatiy holatga ham aylanib qoldi. Ammo muxlislar quvonchi menga kuch bag'ishlaydi. Har bir g'alabamiz ularga quvonch keltiradi. Namangan viloyati aholisi 3 million kishidan iborat. Ular "Navbahor"ning natijalari uchun qayg'urishadi. Biz ularni baxtli qilishga majburmiz.



- Murabbiyga savol. "Navbahor" "Olimpik" bilan o'yinda g'alaba qozonganida ochkolari bo'yicha "Nasaf" bilan tenglashib olardi va o'yinga boshqacha kayfiyatda kelardi. O'sha o'yindan so'ng jamoa bilan ruhiy tarafdan gaplashib oldingizmi? 

- Paradoks shundaki, deyarli barcha etakchi klublar ustidan g'alaba qozondik, lekin quyi pog'onalarda borayotgan jamoalar bilan o'yinlarda ochko yo'qotdik. Aks holda, allaqachon chempionlik masalasini hal qilib qo'ygan bo'lardik. Nima uchun bunday bo'layotganini bilamiz. Nima qilish kerakligini ham bilamiz. Hali yana 3 ta o'yin bor. Kayfiyatimizga kelsak, har bir o'yinni yutishni istaymiz. Hamma o'yinlarda ijobiy natijaga erishish uchun maksimum harakat qilamiz.


- Jamshid Iskanderovga savol. Yil davomida ajoyib o'yinlar ko'rsatib kelyapsiz. Ertangi o'yinda ham asosiy qahramonlardan biriga aylanishingizni kutishmoqda. Lekin negadir milliy terma jamoaga jalb qilinmayapsiz. Buning sababi nimada deb o'ylaysiz?

- Yil davomida jamoamiz bilan yaxshi o'yin ko'rsatyapmiz. O'zimga keladigan bo'lsak, yil so'ngigacha o'yinim bilan muxlislarni xursand qilmoqchiman. Ertangi o'yinda g'alaba qozonib, chempionat g'olibligi uchun ham harakat qilamiz. Terma jamoaga kelsak, balki murabbiyning jamoaviy o'yini va taktikasiga to'g'ri kelmasman. Lekin har doim yaxshi o'yin ko'rsatib, milliy jamoa azosiga aylanishni xohlayman.



- Zoran Marushichga savol. Siz Superligaga Gruziya chempionati to'purari sifatida kelgandingiz. Lekin negadir "Navbahor"da goleadorlik qobiliyatingiz ko'rinmayapti...

- Rostan ham mendan chempionat boshidan buyon ko'plab gollarni kutishmoqda. Mendan gollar kutayotgan barcha shuni unutmaslik lozimki, O'zbekiston chempionati darajasi ham bu erda o'z so'zini aytadi. Bu erdagi uchrashuvlar har bir o'yinda to'plarni qalashtirib tashlash imkonini bermaydi. Mashg'ulotlarda ham, o'yinlarda ham o'zimni ko'rsatishga astoydil harakat qilyapman. Hozirga qadar milliy chempionatda 8 ta, Kubok bahslarida esa 1 ta gol urdim. Hali yana 3 ta o'yin bor. Ushbu uchrashuvlarda ham bor kuchimni ishga solib, gollarim bilan foyda keltirishga urinaman.


- Jamshid Iskanderovga savol. "So'g'diyona" bilan o'yin penaltilar seriyasigacha bordi. Bahs penalti seriyasigacha borishi inobatga olinib, reja tuzilganmidi?

- Har bir jamoa mashg'ulotda bu bo'yicha ish olib boradi. Biz ham penaltilar ustida ishab, shug'ullangandik. Ertaga ham hamma narsa bo'lishi mumkin. Jamoamiz barchasiga tayyor.



- Murabbiyga savol. Mavsumda ikki frontda kurash olib bordingiz va yakuniy pallada turibsiz. Hali hech birida sovrin qo'lga kiritilmadi. Bu – futbol. Unda hamma narsa ro'y berishi mumkin. Agar "Navbahor" mavsumni sovrin bilan yakunlasa, OCHLga yo'l oladi. Keyin jamoa o'z-o'zidan kuchayadi. "Navbahor" mavsumni sovrinsiz tugatsa, kamida 3 yil shu intensiv o'sish va mana shu tempni ushlab tura oladimi?

- Klub rivojlanishi, g'alaba qozonishi uchun barqarorlik kerak. SHuncha ishlar olib borib, yarim yo'lda to'xtab qolinsa, na rivojlanish, na g'alaba bo'ladi. Rahbariyat bilan bu uzoq yillik loyiha ekanligi kelishib olingan. Ko'proq ijtimoiy ahamiyatga ega. "Navbahor"ning yutug'i futbol rivojiga, namanganlik yoshlar rivoj topishida turtki bo'ladi. Umid qilamanki, bu – uzoq yillik loyiha. 


- Zoran Marushichga savol. 20 ta o'yinda maydonga tushib, nimalarga qodirligingizni namoyish etdingiz. O'z navbatida, "Nasaf" himoyachilari ham sizni yaxshi tanishadi. Uch himoyachi sizni individual qo'riqlasa, sizni shunchaki "eb qo'yadi". Himoyachilardan bir qadam oldinda bo'lish uchun o'ylab qo'ygan rejangiz bormi yoki shunchaki yugurib o'yin o'tkazmoqchimisiz?

- Hozir aniq bir narsani ayta olmayman. Lekin shuni aytishim mumkinki, "Nasaf" bizning nimalarga qodirligimizni bilsa, biz ham ularni bilamiz. "Navbahor" oldingi uchrashuvlarga qanday tayyorgarlik ko'rgan bo'lsa, bu o'yin ham xuddi shunday tayyorgarlik ko'radi. Men ham jamoaning bir qismi sifatida uning foydasiga hissa qo'shishga harakat qilaman. 



Matbuot anjumani yakunida murabbiyning muxlislarga tilagi va chaqirig'i eshitib o'tildi.

"Biz finalda Namangan sharafini himoya qilayotganimizdan faxrlanamiz. Yil davomida qilganlarimizdan baxtiyormiz. Ertaga g'alaba qozonsak, "Navbahor" ikkinchi marta o'zbek futboli tarixiga kiradi. Bundan esa ikki karra xursand bo'lamiz. Muxlislar oldidagi burchimizni his qilib turibmiz. Butun jamoa ularning ishonchini oqlashga harakat qiladi".


Reyting: -25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика