Samvel Babayan bugun murabbiy sifatida "Ozodi" stadionida tarixiy natija qayd etishi mumkin

Iskandarov Abdulaziz
6 noya 2023
Tehrondagi "Ozodi" stadioni bugun bir yo'la ikki o'zbek klubini o'zida qabul qiladi.

Jamoalarimizdan "Navbahor" birinchi bo'lib o'z o'yinini o'tkazadi. Raqib - "Nassaji Mazandaran" jamoasi. "Lochinlar" ustozi Samvel Babayan bosh murabbiy sifatida uchinchi bor "Ozodi" stadionida jamoasini maydon sari etaklaydi. Bunga qadar u "Paxtakor" va O'zbekiston terma jamoasi bilan "Ozodi"ga qadam ranjida qilgan. Mazkur o'yinlarda Babayan jamoasi bir durang va bir mag'lubiyat qayd etgan. 


OCHL-2015. Guruh bosqichi, 5-tur

22.04.2015. Tehron. "Ozodi" stadioni, 1840 tomoshabin.

Hakam: Kim San Vu (Janubiy Koreya)

"Naft Tehron" - "Paxtakor" 1:1

Gollar: G'ulomrizo Rizoi 25 - Vladimir Kozak 36


JCH-2018 saralashi. 3-bosqich. 8-tur

Eron – O'zbekiston 2:0

12 iyun 2017. Tehron. “Ozodi” stadioni. 21:45 (Toshkent vaqti)

Hakam: Ahmad al-Kaf (O'mon)

Gollar: Sardor Azmun 23, - 1:0. Mehdi Taremi 88, - 2:0

Amalga oshirilmagan penalti: Masud Shojayi 50 (noaniq)


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia