So’nggi yangiliklar

03:15ЕЧЛ. ПСЖ ютқазди, "Тоттенхэм" "Боруссия" устидан ғалаба қозонди ва бошқа натижалар  3 03:05ЕЧЛ. "Арсенал" меҳмонда "Интер"ни таслим этди. Лондонликлар 7 турдан кейин 100% лик натижа қайд этишмоқда  9 03:00ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бор аламини "Монако"дан олди  59 00:40ЕЧЛ. "Будё Глимт" ўз уйида "Манчестер Сити"ни ишончли тарзда мағлубиятга учратди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  69 00:05Анхель Ди Мария: "Бенфика"дан қўнғироқ қилишганида Португалиянинг қаерда жойлашганини билмаганман"  3 23:45ЕЧЛ. "Қайрат" Астанада "Брюгге"га йирик ҳисобда енгилди ва кейинги босқичга чиқа олмаслиги аниқ бўлди   3 23:35Салиба ва Габриэль қуруқ ўйинлар бўйича АПЛ тарихида иккинчи ўринга чиқиб қолди. Олдинда Фердинанд - Видич жуфтлиги бор  4 23:12"Манчестер Сити" ҳужумчиси фаолиятини АПЛнинг бошқа клубида давом эттириши мумкин  0 22:41Терма жамоа ва Суперлига ҳақида ҳақиқат! Ашурматов нима деди?  0 22:32U-23 Осиё кубоги. Хитой Вьетнамни йирик ҳисобда мағлубиятга учратиб, финалга йўл олди!  11 22:2339 ёшли Жеко Германиядан клуб топди  0 22:01Германияда АҚШдаги Жаҳон чемпионатини бойкот қилиш ҳақида гапирилмоқда  2 21:21"Андижон" ўртоқлик ўйинида Шимолий Македония клуби билан дуранг ўйнади  3 20:56Инфантинонинг маоши ФИФА президентлиги даврида тўрт баробар кўпайди  7 20:30"Барса" ва "Юве" қизиққан АПЛ клуби ҳимоячисини "Челси" сотиб олмоқчи  1

Samvel Babayan borasidagi etirozlar haqida Yangiliklar

Samvel Babayan borasidagi etirozlar haqida

Hurmatli championat.asia saytining doimiy o'quvchilari.

Kecha Samvel Babayanni «Lokomotiv» jamoasi bosh murabbiy bo'lishi ortidan saytdagi deyarli barcha xabarlarida «Babayan aut» akciyasini avj olganini ko'rdik. Sayt o'z vazifasini bajargan holda yangilikni taqdim etdi. Boshqa OAVda fikrlar soni biznikidan ancha kam bo'lganligi bois, juda ko'pchilik haqoratli fikrlarni elon qila boshladilar.

SHuni unutmaslik lozimki, bu yarim hususiy bo'lgan «Lokomotiv» jamoasining shaxsiy qarori va ularga hech kim aralasha olmaydi, albatta klub muxlislaridan tashqari. Bugunda jamoaning oz sonli bo'lsada muxlislari tomonidan rahbariyatning bu qaroriga qarshi chiqqanlar kam. Agar sizda Samvel Babayanga nisbatan adovatingiz bo'lsa marhamat, «Lokomotiv» stadioni o'yin payti ochiq, klubning ijtimoiy tarmoqlari faol. Kopa Amerikaga oid xabarda ham, Xitoy chempionatida ham bitta mavzu. Saytga hamma muxlis ham Samvel Babayanga qiziqib kirmaydi. Kimga xorij xabarlari muhim, kimga mahalliy. O'z jamoasidan boshqa xabarlarni o'qimaydiganlar ham bisyor. Ularni hurmat kiling. Samvel Babayanga aytadigan so'zingiz bo'lsa uni «Lokomotiv»dan toping. Saytga yozishingiz befoyda. Baribir o'qimaydi.

Saytni esa Babayanga umuman aloqasi yo'q. Fikrlarni tozalashga kelsak, saytda imkon kadar barcha haqoratlar tozalandi va bu davr talabi. Aslini olganda Samvel Babayan diskvalifikaciyaga uchragan kundan 15 kun o'tiboq, qaror bekor bo'lgan. Uni ishga qaytishida bugungi rahbar Ravshan Ermatovning ham aloqasi yo'q. Latviyaga Babayan har qanday taqiqni bekor qilganidan keyin ketgan. Bu haqda fotofaktni tahririyatimizga taqdim etishini kutib qolamiz.

Samvel Babayan murabbiylik davrida hech kim tanqid qilmasdi degan gaplarni ham ko'p o'qiymiz. Quyida esa aynan Babayan davridagi tanqidiy maqolalarni keltirib o'tamiz, agar o'quvchining yodidan ko'tarilgan bo'lsa. Samvel Babayan qaytib Kuperni o'tirishidan xavfsiratyoganlar ham yo'q emas. Championat.asia sayti ham Samvel Babayanni qaytib terma jamoa postiga kelishiga qarshi chiqadi. Lekin «Lokomotiv» klubining shaxsiy qaroriga hech kim aralasha olmaydi, o'z rahbariyatidan boshqa.


Borimiz shu emas, Samvel Vyacheslavovich! Biz bundan ortig'iga loyiqmiz        

Babayan ketgani bilan hech narsa o'zgarmasa ham baribir ketgani maqul (Mulohaza)    

Murabbiy kerak        

Futbolchilarni o'zlariga qo'yib bering, Janob!        

Diyor Imomxo'jaevdan "Hacker club"ning navbatdagi soni VIDEO         

Babayanning xatolari... Istefo bermasangiz uyat bo'lar endi?        

O'zbekiston terma jamoasi etibor qaratishi kerak bo'lgan 6 yosh murabbiy         



Saytga oid savollaringizni esa fikr qoldirish orqali bildirishingiz mumkin. 2 kun ichida barcha savollarga javob berishga harakat qilamiz. Sayt o'z obro'sini bir shaxsga qarab to'kib qo'ymaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim kishilarning fitasiga uchmang. Futbolni deb o'zligimizni yo'qotmaylik. Iltimos qilardikki bir-birimizni hurmat qilaylik.


Reyting: -282   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика