So’nggi yangiliklar

15:01Расман: "Байер" Бундеслига 2 туридан кейин Тен Хагни ишдан бўшатди  1 14:44Алексис Санчес Ла Лигага қайтмоқда  0 14:18"Бетис" Антонининг трансферини ҳал қилди — Here We Go!  0 13:54"Арсенал" 14 йилдан бери "Энфилд"да "Ливерпул"ни мағлуб этолмаяпти  0 13:2239 ёшли Жеймс Милнер АПЛ тарихига кирди  2 12:54Доннарумма "Манчестер Сити"да — Here We Go!  1 12:25"Бешиктош"га янги мураббий тайинланди  0 12:01Шотландия клуби Қозоғистон терма жамоасининг икки футболчисини кузатмоқда  1 11:37Эдерсон 13-14 млн евро эвазига "Фенербахче"га ўтмоқда — Here We Go!  3 10:45"Милан" Адриен Рабьони сотиб олади  0 10:17ПСЖ футболчи фаолиятини "Фенербахче"да давом эттиришга яқин  0 09:48"Манчестер Сити" футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  3 09:21Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳо олишди?  9 08:52Ўзбекистон U-23 терма жамоаси сафида ўзгариш юз берди  2 08:25Sofascore. Кеча асосий таркибда майдонга тушган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  6

Samvel Babayan: “Biz Qatarni yaxshi o'rganib chiqdik” Yangiliklar

Samvel Babayan: “Biz Qatarni yaxshi o'rganib chiqdik”

Jahon chempionati-2018 saralashining uchinchi bosqichi, ikkinchi tur o'yinlari doirasidagi Qatar – O'zbekiston uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Anjumanning dastlabki qismida, O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etib, o'yinoldi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Jahon chempionati saralashi doirasida ertaga bizni jiddiy o'yin kutib turibdi. Qatar terma jamoasi tarkibida saviyali futbolchilar anchagina. Raqib o'yinini yaxshi o'rgangan holda, ertangi asosiy vazifamiz o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni namoyish qilishdan iboratdir”, deya so'z boshladi Samvel Babayan.

“Birinchi turda biz haqiqatdan ham qiyin o'yin o'tkazdik. Bir qancha vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. Qatar terma jamoasi o'yiniga kelsak, ular Eron bilan o'yinda kamida bir ochkoni qo'lga kiritishlari lozim edi. Raqibdan hech bir jihatda kuchsiz bo'lmadi. Bazi vaziyatlarda Erondan yaxshiroq harakat qildi. Ammo futbolda xatolar ko'p narsani hal qiladi. O'sha o'yinda ham shunday bo'ldi. Ertangi o'yin haqida to'xtalsak, biz har bir o'yinda g'alaba uchun harakat qilishimiz kerak. Umid qilamanki, jamoa futbolchilari yuqori professionalizm namoyish etib, eng yaxshi o'yinini namoyish etadi”.

“Biz raqibni yaxshi o'rganib chiqdik. Ular o'tkazgan rasmiy va o'rtoqlik o'yinlarini ko'rdik. Bu juda saviyali jamoa. Har qanday jamoa ham so'nggi daqiqalarda gol o'tkazib yuborishi mumkin. Eronga qarshi o'yinning so'nggi daqiqalarida gol o'tkazib yuborgani bu jamoaning zaif ekanini ko'rsatmaydi. Ammo biz asosiy etiborimizni o'z o'yinimizga qaratamiz”, - dedi O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi.

Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика