So’nggi yangiliklar

09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  0 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  1 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  7 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  9 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  29 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  3 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  6 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  15 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  2 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0

Samvel Babayan: "Birinchi bo'limda raqibga to'pni atayin topshirganimiz – fakt!" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Birinchi bo'limda raqibga to'pni atayin topshirganimiz – fakt!"

Coca-Cola Superliga 11-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “Lokomotiv” (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida “Navbahor” klubi bosh murabbiyi Samvel Babayan quyidagicha fikr bildirdi.


- O'yin haqida

- Bugun murosasiz o'yin guvohiga aylandik, o'ziga xos taktik kurash ham kechdi. Birinchi navbatda, muxlislarimizni tabriklayman! Bunday qo'llab-quvvatlash bilan ular g'alabaga loyiq edilar. O'yinning borishi haqida to'xtaladigan bo'lsam, stadionda kuzatganlar ham, televizor orqali tomosha qilganlar ham o'yindan rohat olishdi. Avvalgi uchrashuvlarda Namanganga tashrif buyurib, asosan simulyaciya bilan shug'ullangan ayrim jamoalardan farqli ravishda, “Lokomotiv” bugun futbol o'ynash uchun yig'ilganini ko'rsatdi va bazilarga namuna bo'ldi. Uyda to'p tepishning qiyinligi nimada? Birinchi turdan ko'rdikki, bu erdagi uchrashuvlar payti atayin vaqt cho'zishlar ko'p kuzatildi. Raqib futbol o'ynash uchun kelsa, bu bilan bizga ham zavq bag'ishlaydi. “Lokomotiv” birinchi bo'limda to'p bilan va to'psiz harakatlarda bizga muammo tug'dirdi, tanaffusda vaziyatni o'rgandik, pressingda yaxshi harakatlana olmaganimizni tushundik. Jamoamiz g'alaba qozondi, yigitlarga o'yinni o'nglay olishgani uchun rahmat! Oldinga intilishda, futbolchilarimizni keyinga o'yinlarga tayyorlashda davom etamiz. CHempionatimiz juda qiziqarli kechmoqda, - dedi Samvel Babayan.

- Dastlabki bo'limning 35 daqiqasigacha “Navbahor” futbolchilari nisbatan passiv ko'rinishdi. Bu o'ziga xos taktikamidi yoki voqealar rivoji shuni taqozo etdimi?

- Umuman, uydagi o'yinlarimizning borishidan kelib chiqib, atayin shunday yo'l tutishga qaror qildik. Bo'sh hududlar bo'ylab harakatlanishga intildik. Afsuski, raqibga to'pni topshirgan paytimiz, pressingda yig'inchoqlik bilan harakatlana olmadik. Nisbatan quyiroqdan himoyalanganimiz sababi ham shu. O'sha vaziyatlarni tanaffus payti to'g'rilashni uddaladik. Ko'rgan bo'lsangiz, ikkinchi bo'limda ham raqib o'yinni tashlab qo'ymadi, to'pni egallashga intildi, ammo biz nisbatan sifatliroq pressingni amalga oshirdik. Natijada, vaziyatlar yaratdik, kontrpressing ham bo'ldi, raqib yarim maydonida pozicion hujumlar uyushtirdik. Bu o'yin uchun tuzgan rejalarimizdan biri edi. Qisqasi, birinchi bo'limda raqibga to'pni atayin topshirganimiz – fakt!

- Davralar oralig'ida qaysi chiziqlarni kuchaytirishni rejalashtiryapsiz? 

- Hozir turli variantlarni ko'rib chiqyapmiz. Namanganga kelganimdan buyon selekciya ishlarini to'xtatmayapmiz, bu jarayon yil bo'yi davom etadi. Ayrim poziciyalarda raqobatbardoshlikni oshirmoqchimiz. Yozgi transferlar oynasida bunga vaqtimiz bo'ladi, ko'ramiz, tahlil qilamiz, yangi futbolchilarga ehtiyoj qandayligini ko'rib chiqamiz. Viloyat hokimi bilan maslahatlashgan holda, bir yillik jamoa emas, ko'p yillar davomida barqaror va munosib o'yin ko'rsatadigan jamoa shakllantirishni o'z oldimizga vazifa sifatida qo'yganmiz. “Navbahor” brendi, uni qayta jonlantirish haqida gapirdik, bu shunchaki gapligicha qolib ketmaydi. Selekciya ishlari davom etmoqda, qolaversa, ko'plab iqtidorli yosh futbolchilarimiz bor. Ularni maydonga tushira olmayotganimizga sabab, chempionatdagi har bir o'yin keskin ruhda kechmoqda. Asta-sekin yoshlarni ham asosiy tarkibga kiritib boramiz. 

- Yoshlar jamoalaridagi futbolchilarning ham o'yinlarini kuzatib boryapsizmi?

- Albatta, kecha U-19 jamoamiz o'yin o'tkazdi. Ozgina vaqtim bor edi, borib, birinchi bo'limni kuzatdim. Yaxshi futbolchilar bor. Yozgi tanaffus paytida Namangan viloyati futbol associaciyasi rahbariyati bilan hamkorlikda maxsus tadbir uyushtirish rejalashtirilgan, bunaqasi O'zbekistonda ilk bor bo'ladi. Keyinroq bu haqda albatta eshitasizlar. Iqtidorlarimiz juda ko'p, ularning istedodlarin ro'yobga chiqarishimiz kerak. Namanganlik ko'plab yuqori salohiyatli yoshlar bugungi kunda boshqa klublarda to'p tepishmoqda, ularning ko'pchiligi terma jamoa darajasidagi futbolchilar. 21 iyungacha tanaffus bo'ladi, shu vaqt ichida viloyat hokimi boshchiligida maxsus tadbirlar o'tkazamiz. Iqtidorli futbolchilar ko'p, sharoitlar etarli, licey va akademiyalar davlat tomonidan moliyalashtirilmoqda. Faqat o'sha istedodlarni tanlab olib, selekciya ishlarini maromiga keltirishimiz lozim bo'ladi. SHunda boshqa hududlardan futbolchilar taklif etishimizga ehtiyoj qolmaydi.

- Oston O'runov “Navbahor”ga qaytishi mumkinmi?

- O'runov bugungi kunda Rossiya chempionatida o'ynayapti. Ushbu masala “Navbahor” klubi rahbariyati tomonidan muhokama qilinmagan. Ushbu gaplar shunchaki, mish-mish, xolos. 

- Men futbol sohasida mutaxassis emas, jurnalistman. Lekin menimcha, Zoran Marushich Superliga darajasiga tortmayotgandek. Uning o'yinidan qoniqish hosil qilyapsizmi?

- Mutaxassis emas, jurnalistman, deganingiz yaxshi bo'ldi. Aslida, Marushich katta istedod sohibi. Ha, hozircha unda realizaciya masalasida ayrim muammolar bor. Biroq u bor etiborini hujumga qaratishdan tashqari, pressinglar paytida ham katta hajmdagi ishni bajarmoqda. Bu narsa sizga ko'rinmaydi, biz – mutaxassislar esa buni ko'ramiz. U o'z ishini sidqidildan, astoydil bajarmoqda. Birinchi bo'limdan keyingi tanaffusda uning jamoamiz pressing qo'llagan payt ayrim vaziyatlarda to'pga oxirigacha yugurmagani haqida gaplashdik. Ikkinchi bo'limda esa u raqib himoyachilari to'pni egallagan paytda ularga muammo tug'dirdi. Zoran – mahoratli, yaxshi yigit. O'ylaymanki, hali u nimalarga qodirligini ko'rsatadi, muxlislar uning asl kuchini ko'rishadi. U hozircha 100 foiz o'z salohiyatini namoyon etib ulgurmadi. Uning hujumda yakkaligiga kelsak, bu jamoamizning hujumkor o'yin ko'rsatmayotganini anglatmaydi. Bizda himoyachilar ham oldingi chiziq vakillariga yordamlashishadi. Marushich hali o'z so'zini aytadi.


Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика