Samvel Babayan: "Bir jamoada ikki Babayan bo'lishini istamayman" (2-qism)
11 dek 2014 11:35
Yangiliklar
Samvel Babayan: "Bir jamoada ikki Babayan bo'lishini istamayman" (2-qism)
Paxtakor joriy yil yosh futbolchilarining shiddat va ishtiyoqlari evaziga chempionlikni qo'lga kiritdi. Buni mutaxassislar ham, muxlislar ham inkor etmaydilar.
Ammo kelasi mavsum jamoaga ancha og'ir bo'lishi turgan gap. CHunki endi raqiblar amaldagi chempion - Paxtakorga qarshi yanada katta ishtiyoq bilan kurashga kirishishlari tayin. Quyida klub menejeri Samvel Babayan bilan yillik eksklyuziv suhbatimizning ikkinchi qismini havola etmoqdamiz.
MAYDON CHETIDAGI BABAYAN
- Muxlislar orasida Samvel Babayanga hurmat bilan yondashadiganlar barobarida uni hurmat qilmaydiganlar ham etarlicha topiladi va buni o'zingiz-da yaxshi bilasiz. Bazi muxlislar hali menejer bo'lmasingizdan avval maydon chetida turib, futbolchilarga ko'rsatma berishingizni yoqtirishmasdi.
- SHunday qilishga etarlicha asoslarim bor edi. Hammaga teng yoqish imkoniyati yo'qligini yaxshi tushunaman va bunga harakat ham qilmayman. Ammo klubdagi vakolatim maydon chetida turib, ko'rsatma berish huquqini berardi. Menejerning vazifasi - tashkilotchilik, menejment, asosiy jamoa bilan ishlash, birinchi ligadagi klub o'yinini nazorat qilish, akademiya va selekciya ishlarini yuritish. Agarda bu ishlarning birortasi oqsasa, men aybdor sanalaman. SHunday ekan, zimmamdagi masuliyat katta. Aslida ancha yillar avval bosh murabbiy lavozimini bekor qilib, menejer sifatida hammasini o'z qo'limga olishim mumkin edi. Ammo o'sha vaqtlar har kuni jamoa bilan birga bo'lish, mashg'ulotlarni boshqarish imkoniyatiga ega emasdim. SHu sababli, bosh murabbiy yordamiga tayanishdan o'zga choram yo'q edi. Bu yildan etiboran moliyaviy imkoniyatlarimiz yaxshilandi. Natijada nazoratni to'liq o'z qo'limga oldim. Ochig'ini aytsam, bu mening orzum edi! Yani uzoq yillar shunga erishish uchun mehnat qildim. Murabbiylik ishi ham men uchun katta ahamiyatga ega.
- Ammo Ravshan Haydarov O'zbekiston milliy jamoasini boshqargan vaqtlarda ham zaxira o'rindig'ida o'tirardingiz va futbolchilarga ko'rsatma berardingiz. Bunga qanday asos bor edi?
- O'sha vaqtlar O'zbekiston MTJda ham menejer sanalganman. Yani u erda xuddi Paxtakordagi kabi vakolatga ega bo'lganman. Umuman, qaerda ishlamay, har doim hammasiga javob berganman. SHu jumladan, natijaga ham. Maydon chetida ko'rsatma berganimga kelsak, bu bilan futbolchilarga dalda bo'lardim.
- Demak, endi Paxtakordagi moliyaviy holat jamoa boshqaruvini bevosita o'z qo'lingizda ushlab turishingiz imkonini beradi.
- Ha, xuddi shunday. Hozir klubimizning hech kimdan qarzi yo'q. Maosh va mukofot pullari butunlay to'lab qo'yilgan. Jamoamizda moliyaviy tomondan hech qanday muammo qolmadi. Buning uchun klubimiz rahbari Botir Rahimovga yana bir marta minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bu inson og'ir vaqtda jamoa muassisligini o'z qo'liga olgan edi. SHu vaqtga qadar klubni iqtisodiy qiyinchiliklardan olib chiqdi. Aynan uning sharofati bilan Paxtakor o'tmishdagi mahobatini saqlab qoldi. Botir Rahimov klubdagi har bir xodim, futbolchi va murabbiyga ishlash uchun imkoniyat yaratdi. Paxtakorning hozirgi yutuqlarida uning hissasi beqiyos. Buni alohida etirof etish zarur.
STADIONGA KIM KELADI?
- Yakuniga etgan mavsumda klub xayrli ishni davom ettirdi. Yani stadionga tomoshabinlarni ko'proq jalb etish maqsadida turli ko'ngilochar tadbirlarni muntazam o'tkazib keldi. Xususan, yutuqli lotereya o'yinlari so'nggi turgacha davom ettirildi. Aytingchi, mazkur akciya jarayonida jamoa qanchalik foyda yoki ziyon ko'rdi?
- Tan olish kerak, mazkur xayrli tadbirimiz tufayli stadionga muxlis jalb etish borasida bir muncha ijobiy natijalarga erishdik. Ammo bu borada qilinadigan ishlarimiz hali ko'pligi ayon bo'ldi. Moliyaviy tarafdan esa, foyda ham, ziyon ham ko'rmadik. Yutuqlar jamg'armasi chiptalar sotuvidan tushgan mablag' bilan deyarli teng balans berdi. Asosiysi, bu emas... Tomoshabinlarning biroz mazmunli hordiq chiqarishlari uchun sharoit yaratganimiz - asosiy yutug'imizdir.
- Bazan shunday holatlar yuzaga keladiki, muxlis qo'lida chiptasi bilan ko'chada qolib ketadi. Oliy liga o'yinlarida-ku, hech qanday muammo yo'q, ammo xalqaro uchrashuvlarda bunday holat uchraydi. Evropa tajribasidan yaxshi bilamizki, u erda stadionlarda maxsus xodimlar - styuardlar ishlashadi. O'yinga 50-60 ming muxlis tashrif buyuradi, ammo muammo tug'ilmaydi. Nahotki, bizda ham shuni joriy etish imkoniyati yo'q...
- Bu borada hali o'sishga erishamiz, deb o'ylayman. Qarang, yurtimizda yangi stadionlar qurilmoqda, har bir odam alohida o'rindiqda o'tiradi. Ilgari tribunalar qanday bo'lganini o'zingiz yaxshi bilasiz. O'ylaymanki, tashkilotchilik borasida ham rivojlanishga erishamiz. Aslida bu haqda men emas, balki O'FF O'yinlarni o'tkazish boshqarmasiga taklif berishingiz kerak. Agar O'FF tashkilotchilik borasida klublarga talab qo'ysa, ijobiy o'zgarish seziladi, albatta. Maxsus shtab tashkil qilinadi, hammasi styuardlar zimmasiga yuklatiladi. Biz hali bunga ulguramiz, deb o'ylayman. Futbolimiz nisbatan yosh va unda qilinadigan ishlar ko'p. Hamma gap shundaki, bizda stadionlar klublar ixtiyorida emas. Masalan, Paxtakor klubi va Paxtakor stadioni alohida tashkilot hisoblanadi. Arenaning 51 foiz akciyasi Toshkent shahar hokimligi, 49 foizi esa Paxtakor OAJga tegishli. Stadionni o'yinlarga hozirlash ham uning mamuriyati vakolatidagi ishdir. SHu sababli, bunga aralasholmaymiz.
BIZ SHUNGA MUNOSIBMIZMI?
- Oliy liga jamoalari soni 16taga etkazilgani yaxshi holatmi?
- Albatta. O'zbekistonda futbol infratuzilmasi yil o'tgani sari rivojlanmoqda. Qarang, qancha stadionlar qurildi, eskilari rekonstrukciya qilindi. Kelasi yil Jizzax va Farg'onada yangi stadionlar bitadi. SHunday ekan, nimaga endi oliy ligada 16ta jamoa ishtirok etmasligi kerak?
- OFK CHempionlar Ligasida o'zbek klublariga 3+1 ko'rinishida joy ajratildi. Biz bunga munosibmizmi?
- Ha, shubhasiz. OFK bu qarorni sport principlaridan kelib chiqib qabul qilgan. O'zbekistondagi futbol rivojini hamma ko'rib turibdi. SHunday ekan, biz uchun 3+1 ko'rinishida joy ajratilgani to'g'ri qaror. Endi buni o'yinlarimiz bilan isbotlashimiz lozim.
YOSHLAR VA BIRINCHI LIGA
- Paxtakor har doim iqtidorli yoshlari bilan maqtanib kelgan. Ammo joriy mavsum Yoshlar ligasida jamoaning ishi uncha yurishmadi.
- Bu muammoning ildizi ancha chuqur. Har doim turli yoshdagi terma jamoalarga futbolchi etkazib berishimiz bilan faxrlanib kelamiz. Ha, bu sharafli ish. Ammo aynan shu sababga ko'ra, natijalar ortga ketayotganini ham tan olish lozim. Masalan, o'tgan mavsum yoshlar jamoamizning asosiy futbolchilaridan biri - Javohir Sohibov chempionatdagi o'yinlarning yarmida ham qatnashmadi. U mudom terma jamoa ixtiyorida bo'ldi. Boshqa futbolchilar haqida gapirish shart emas. SHuning barobarida Yoshlar ligasi bilan bog'liq boshqa jihatlar ham bor. Biz musobaqada faqat yoshlarga imkon beramiz, ammo hamma ham emas. Masalan, 3-o'rin uchun Bunyodkor bilan kurash olib bordik, biroq bu jamoaga qarshi hal qiluvchi uchrashuvda mag'lubiyatga uchradik. Endi etibor bering, raqib tarkibida kimlar gol urishdi - Anvar Berdiev va Oleksandr Pishur. Ikkisining ham yoshi 30dan oshganini gapirish shartmikan?
- Birinchi ligadagi holat haqida nima deya olasiz?
- Aynan shu musobaqa o'zbek futboli uchun ancha muammoli bo'lib turibdi. Gap shundaki, birinchi ligada jamoalar o'rtasidagi tafovut juda katta. Masalan, o'tgan mavsum SHo'rtanda moliyaviy jihatdan sharoit yaxshi edi va jamoa o'yinlarga puxta tayyorgarlik ko'rdi. Ammo shunday jamoalar ham borki, bosh murabbiyi safar o'yiniga borish uchun yo'lkiraga kimdandir qarz ko'tarishga majbur. Aytingchi, bunday sharoitda sport principlari haqida gap bo'lishi mumkinmi? Menimcha, bu muammoning echimi bitta - birinchi liga saviyasiga javob beradigan klublarni olib qolib, ishtirokchilar sonini kamaytirish kerak. SHundagina musobaqa darajasini oshirish mumkin. Musobaqani ikki guruhga bo'lib o'tkazishdan nima naf? Yaxshisi, 14 yoki 16ta jamoa ishtirok etsin, ammo o'yinlarda sifat sezilsin.
KELISHILGAN O'YINLAR
- Yil o'tgani sari kelishilgan o'yinlar bilan bog'liq gap-so'zlar ko'paymoqda.
- Kechirasizu, bunday savollar jonga tegdi. Axir bu kabi gap-so'zlar milliy futbolimiz obro'iga putur etkazmoqda. Qolaversa, mazkur masalada bizda hech qanday muammo yo'q. Paxtakor kelishilgan o'yinlarda ishtirok etmagan va etmaydi ham.
- Ammo oliy ligada shunday uchrashuvlar borligini inkor etmassiz...
- Menga tegishli savol emas. Agarda biror jamoadan shubhangiz bo'lsa, yaxshisi, savolni uning vakillariga berganingiz maqul. Qaytaraman, jamoamiz kelishilgan o'yinlarda mutlaqo qatnashmagan.
- Yil boshida Paxtakorda amalga oshirishni rejalashtirgan ishlaringiz haqida gapirgan edingiz. Ularning necha foizi bajarildi?
- Bu savolga dabdurustdan javob berishim ancha qiyin. Qaysidir manoda 90 foiz ishni bajarish uddasidan chiqdik, deb aytishim mumkindir balki.
YUTUQLAR KIMNIKI?
- Agarda Paxtakor chempionlikni yutmaganida, bu qanchalik fojia sanalardi?
- Jamoa boshqaruvini to'liq o'z qo'limga olayotganimda, bu haqda o'ylaganman. Albatta, katta ish oldidan turli o'y-xayollar o'tishi turgan gap. Ammo ilk mashg'ulotdayoq yigitlar ko'rsatmalarimni qay tarzda bajarishayotganini ko'rib, hammasi yaxshi bo'lishiga ishona boshladim. SHuningdek, yil boshida Turkiyada o'tkazilgan yig'in ham menga katta ishonch bag'ishladi. U erda Rossiya klublariga qarshi o'rtoqlik o'yinlari o'tkazdik va olib borayotgan ishimiz qay darajada samarali ekanligini sezdik.
- Bu yutuqlarda yordamchilaringizning roli nechog'li?
- Muvaffaqiyat butun jamoaniki, shu jumladan, yordamchi murabbiylarniki ham. Har doim bir qarorga kelishdan oldin barchaning fikri bilan qiziqaman. Garchi yakuniy qarorni o'zim qabul qilsam-da, bildirilgan fikrlarni inobatga olaman, albatta.
- Bu borada eng yaqin yordamchingiz serbiyalik Jukichmi?
- Hamma - eng yaqin yordamchilarim. Jukichga kelsak, bu mutaxassisning avvalo, insoniylik xislatidan qoyil qolaman. Serb murabbiylari butun dunyoda etakchi o'rinlarda turadilar. Jukich Paxtakorning shakllanishida katta yordam berdi. Ammo shu bilan birga Kolosovskiy, Rashidov va Jalilovning ham hissalari kam bo'ldi, deyolmayman. Paxtakorning har bir xodimi yagona maqsad yo'lida birlashgan.
- Alibobo Rahmatullaev haqida nima deya olasiz?
- Yaxshi futbolchi. Bir qator xislatlarga ega. Aslida Alibobo bilan 2012 yili shartnoma tuzgandik. O'shanda u Bunyodkor tarbiyalanuvchisi sanalgani sababli, jamoasiga qaytishga ruxsat so'radi. Biz uning iltimosini qabul qildik. CHunki o'yinchini majburan ushlab turishdan foyda yo'q. Menimcha, Rahmatullaev Bunyodkorda 2 yilni boy berdi. Futbolchi sifatida o'sish uchun etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lgani yo'q. Uning o'yinlarini ko'pdan beri kuzatib kelamiz. Endi Paxtakor safida bor iqtidorini namoyish etishi uchun to'g'ri yo'nalish berishga harakat qilamiz. Qisqasi, iqtidorini batamom ochishi uchun yordam bermoqchimiz.
MENEJMENT
- Oliy liganing deyarli barcha klublari Joma bilan ishlashadi, faqat Paxtakor Adidasni maqul ko'rmoqda.
- Bu hamkorlik tufayli nafaqat jamoani libos bilan taminlaymiz, balki moliyaviy jihatdan foyda ham olamiz. Oddiy aytganda, manfaatli homiylik shartnomasi tuzganmiz. SHuningdek, dunyoga mashhur Adidas bejiz Paxtakorni tanlamagan va bundan faxrlanamiz.
- Odatda Paxtakor xarajatlarning malum qismini o'zi qoplashi haqida ko'p gapirasiz. Bu mablag' qanday topilishini ayta olasizmi?
- Klub menejmenti byudjetning 10-15 foizini qoplaydigan darajada pul topadi. Boz ustiga, o'zbek futboli tarixida ilk marta Ucell bilan o'zaro hamkorlik darajasida shartnoma tuzdik. U yuqoridan berilgan topshiriqsiz, yani ixtiyoriy ravishda tuzildi. Bu ham Paxtakor qay darajada obro'-etiborga egaligini ko'rsatib turibdi.
- Sir bo'lmasa, shartnoma qiymati qancha?
- Kelishuvga binoan jamoamiz 300 million so'm olgan. Yakunlangan mavsum futbolchilarni ijaraga berishdan ko'p topganimiz yo'q. Faqat Oybek Qilichevning ijarasidan yaxshi pul tushdi. Paxtakor ilgari donor klub sifatida ish olib borardi. Ammo endi ish uslubini o'zgartirdik va futbolchilarni tarkibda saqlab qolishni istaymiz. Hozir har bir futbolchimizga taklif bor, ammo hech kimni qo'yib yubormoqchi emasmiz. Agar takliflarni qabul qilsak, Paxtakorning 2-3 yillik xarajatini chiqarib olishimiz mumkin. Ammo bunday qilishni istamaymiz. Jamoa oldiga katta maqsadlar qo'yilgan. Klub taminoti esa barqaror ko'rinishda.
SHu joyda aytish joiz, MOQ va O'FF prezidenti, senator Mirabror Zufarovich Usmonov ham joriy yil Paxtakorga homiy va hamkor tashkilotlar jalb qilish borasida katta g'amxo'rlik qildi. Mavsum boshidan jamoamizga bir qator tashkilot va muassasalar yaqindan ko'mak berishdi. SHunday ekan, ularga ham jamoamiz va muxlislarimiz nomidan katta minnatdorchilik bildiraman.
BIR JAMOADA BIR BABAYAN
- O'g'lingiz Aram Babayan Paxtakor yoshlar jamoasida to'p surardi. U jamoadan nega ketdi?
- Bu - mening qarorim. Aram futbol o'ynashni istaydi, ammo mutaxassis sifatida aytsam, undan kuchli o'yinchi etishib chiqishi qiyin. O'rtamiyona darajaga ko'tarilishi mumkin, ammo bundan qanday naf bor? SHu sababli, uni jamoa tarkibidan chiqardim. Bir jamoada ikki Babayan bo'lishini istamayman. Aramga buni tushuntirdim. Balki boshqa sohada o'z yo'lini topar yoki yana futbolga qaytar. Ammo qaytgan taqdirida ham, Paxtakorda o'ynamaydi. Boshqa jamoalar safida o'ynashi mumkin. Aytaylik, oliy liganing o'rtamiyona klubi yoki birinchi ligada o'ynash iqtidoriga ega. Ammo undan ko'ra, boshqa ish qilib, katta maqsadga intilgani yaxshi emasmi? Masalan, o'zim ham vaqtida o'rtamiyona futbolchi bo'lishim mumkin edi, ammo buning o'rniga boshqa yo'ldan ketishni istadim. O'g'limga bu haqda aytdim va umid qilamanki, u to'g'ri yo'l tanlaydi.
ENG YAXSHILAR
- Vaqti kelib O'zbekiston milliy terma jamoasida ishlashingiz mumkinmi?
- Bu savolga javob berishni istamayman. Hozir terma jamoani juda kuchli murabbiy boshqarmoqda. Ha, shunday. Bu gapni alohida yozib qo'yishingizni so'rayman - hozir jamoani juda kuchli murabbiy boshqarmoqda va barchamiz unga yordam berishimiz shart.
- Siz noyabr oyida ham eng yaxshi murabbiy sifatida etirof etildingiz. Ammo o'zingizga qolsa, kimlarni alohida takidlardingiz?
- Yuqorida aytganimdek, O'zbekiston milliy jamoasi kuchli murabbiy qo'l ostida. Yana Nasaf ustozi Ro'ziqul Berdiev olib borayotgan ish yoqmoqda. SHuningdek, Olmaliq bosh murabbiyi Igor SHkvirin ham yaxshi mutaxassis. Garchi jamoasi har doim barqaror o'yin namoyish qilolmasa-da, SHkvirin bir necha yildan buyon binoyidek ish olib boryapti.
- Futbolchilar orasidan kimlarni ko'rsatgan bo'lardingiz?
- Barchasi Paxtakor o'yinchilari bo'lsa hamki, Jamshid Iskanderov, Kaxi Maxaradze va Egor Krimecni alohida ajratib ko'rsataman.
- Boshqa jamoa futbolchilari orasidan tanlash sharti qo'yilsachi?
- U holda Sardor Rashidov, Artur Gevorkyan va Islom To'xtaxo'jaevni takidlashim mumkin. Har biri mavsumni ajoyib tarzda o'tkazdi.
- FIFA tasnifi bo'yicha kimlarni eng yaxshi murabbiy va futbolchi sifatida aytasiz?
- Murabbiylardan Karlo Anchelotti va Yoaxim Lyovni buyuk, deb hisoblayman. Ammo bu yil Diego Simeone o'ziga xos sensaciyani amalga oshirdi. Zero, uning o'z klubi bilan Barsa va Realdek jamoalarni ortda qoldirgani - katta jasorat. Qisqasi, Simeone yilning eng yaxshi murabbiyi maqomiga munosib. Futbolchilardan esa, germaniyalik Manuel Noyerni eng yuqori pog'onaga qo'ygan bo'lardim. Uning qo'l va oyoqni birdek ishlatib, aql bilan o'yinga zeb berayotganligi ayni haqiqat. Noyerning bu xususiyati yangilik va hali ko'p zamonlar darvozabonlar maktabi qo'llanmasida undan foydalanishsa kerak. Ronaldu va Messi haqida esa to'xtalishni hojati yo'q, menimcha...
Ahadxon Abduhamitov va Zafar Qosimovlar suhbatlashishdi.

Fikrlar