"Bavariya" Menyan uchun "Chelsi" bilan raqobatlashadi
13 noy 2025 19:34
Yangiliklar
"Bavariya" Menyan uchun "Chelsi" bilan raqobatlashadi
"Bavariya" uzoq vaqtdan beri "Chelsi"ning diqqat markazida bo'lgan "Milan" darvozaboni Mayk Menyanni sotib olmoqchi.
"La Gazzetta dello Sport" nashrining xabar berishicha, "Chelsi" va "Bavariya" Franciya terma jamoasi futbolchisi bo'yicha faol muzokaralar olib bormoqda.
"Bavariya" yaqinda faoliyatini tugatishi kutilayotgan Manuel Noyerning o'rnini bosadigan darvozabon qidirmoqda, "Chelsi" esa yangi darvozabonga juda muhtoj.
Menyan qulay vaziyatda: uning "Milan" bilan shartnomasi shu yozda tugaydi va klub yangi shartnoma imzolashga shoshilmayapti, bu esa Evropaning elit klublaridan biriga o'tish ehtimoli har qachongidan yuqoriligini anglatadi.
Posbon joriy mavsum 11 o'yinda maydonga tushib, 6 o'yinda darvozasi daxlsizligini saqladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Умтити Месси ҳақида: "Фақатгина Месси ўйинни ёлғиз ўзи ютишга қодир эди"
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги дастлабки очкосини қўлга киритди
"Ал Иттиҳод" Салоҳнинг агенти билан музокаралар олиб бормоқда
Кроос Саудия Арабистони лигасини танқид қилди: "Роналдусиз уни яна унутишади"
Fikrlar