So’nggi yangiliklar

09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  0 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  0 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  2 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  3 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  3 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  21

Misrlik jurnalist: "O'zbekistonga qarshi uchrashuv Afrika Kubogi uchun uslubni sinovdan o'tkazish imkoniyati degani. Saloh Messi emas" Yangiliklar

Misrlik jurnalist: "O'zbekistonga qarshi uchrashuv Afrika Kubogi uchun uslubni sinovdan o'tkazish imkoniyati degani. Saloh Messi emas"

Misrlik jurnalist Muhammad Shaddad BAAda bo'lib o'tadigan Al Ain Cup musobaqasi doirasida O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan Championat.asia saytiga intervyu berdi.

– Misr terma jamoasining turnirga bo'lgan munosabati qanday?

– O'zbekistondek tartibli Osiyo jamoasiga qarshi o'yin o'tkazish "firavnlar"ning Afrika Millatlar kubogida qo'llashi mumkin bo'lgan uslubini sinovdan o'tkazish imkoniyati sifatida qaralmoqda. Mazkur uchrashuv futbolchilarga turnir boshlanishidan oldin taktik bosimlarga moslashish imkoniyatini beradi.

Hossam Hassan boshchiligidagi texnik xodimlar ushbu uchrashuv orqali futbolchilarning ham texnik, ham jismoniy tayyorgarligini baholashni, shuningdek, rasmiy musobaqa muhitiga kirishdan oldin asosiy tarkibning o'zaro uyg'unligini tekshirishni maqsad qilgan.

Bundan tashqari, ular oldingi o'yinlarda ko'zga tashlangan bazi himoyaviy va hujumdagi xatolarni bartaraf etishga, shu bilan birga jismoniy tayyorgarlik darajasini yaxshilash va jamoaning uch chizig'i – himoya, yarim himoya va hujum o'rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga alohida etibor qaratmoqda.

Qaysi asosiy o'yinchilar yig'inga taklif qilinmadi?

– Misr terma jamoasi tarkibiga murabbiy Hossam Hascan doimo tayanadigan asosiy futbolchilar kiritilgan bo'lib, bazi yangi kuchlar ham qo'shilgan. Ro'yxatda kutilmagan o'zgarishlar ko'zga tashlanmadi.

Muhammad Saloh va "Liverpul" so'nggi uchrashuvlarda yaxshi natija ko'rsata olmayapti. Buning sababi nimada deb o'ylaysiz?

– Muhammad Salohning bazi o'yinlarida pasayish kuzatilishi tabiiy, chunki hech bir futbolchi har bir o'yinda mukammal darajada o'ynay olmaydi yoki doimo aniq pas bera olmaydi – ehtimol Messi bundan mustasnodir, lekin Saloh Messi emas.

Garchand u Misr bilan Afrika Millatlar kubogini qo'lga kirita olmagan bo'lsa-da, xorijda erishgan ulkan yutuqlari tufayli biz hamon uni Misr futboli tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb hisoblaymiz.

Umuman olganda, murabbiy Arne Slotning taktikasi hammani ham ishontira olmayapti va uning qo'l ostida "Liverpul"ning o'yini avvalgidek dahshatli emas – Yurgen Klopp davrida ko'rsatilgan qudrat sezilmayapti.

Shunday bo'lsa-da, Salohning o'yin saviyasi so'nggi paytlarda ommaviy axborot vositalari va matbuot tasvirlaganidek yomon bo'lib ketgani yo'q.

O'zbekiston terma jamoasining uch nafar futbolchisini ajratib ko'rsata olasizmi? Fikringizcha, ularning qay biri eng yaxshisi hisoblanadi?

– Albatta, men "Manchester Siti" futbolchisi Abduqodir Husanov hamda Eldor Shomurodovni yaxshi bilaman.

Reyting: +4   

Fikrlar

+1   
13 noy 17:14:04
Aliakbar RM
Msr mag'lubiyatdan to'g'ri hulosa qilar ))
   
13 noy 23:26:01
Akmalxon Saidov
Миср Испанча футбол намойиш этади тўпни жуда яхши контрол қила оладиган жамоа
   
13 noy 19:38:11
Tinchliksevar
Aliakbar RM foydalanuvchining fikriga javob berish
Msr mag'lubiyatdan to'g'ri hulosa qilar ))
Ha aynan shu oʻyinda jamchiliklarini koʻrib oladi alabatta magʻlub boʻlgan jamoa kamchiligi koʻrinadi gʻalab qilgan jamoaniki kamchiliklari gʻalaba oldida koʻrinmay qoladi demak Misr ayansn biz bilan oʻyinda kamchiliklarini koʻrib oladi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика