So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  2 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  4 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  27 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

Samir Bekrich: “Bunyodkor” mening qadrdon va sevimli jamoam” Yangiliklar

Samir Bekrich: “Bunyodkor” mening qadrdon va sevimli jamoam”

Rivaldo davridan so'ng Toshkentning “Bunyodkor” klubida bir qator kuchli legionerlar to'p tepishgan Sato Minori, Oleksandr Pishur, Ivan Miloshevich, Samir Bekrich, SHaker Zuagi...

Ushbu ro'yxatni yana davom ettirish mumkin. Bu futbolchilarning ayrimlari klubda uzoq qolishmadi. Jumladan, bosniyalik Samir Bekrich bir yarim yil muddat o'ynagan bo'lsada, esda qolarli lahzalarni taqdim etdi. Yaqinda u bilan ijtimoiy tarmoq orqali bog'lanib suhbatlashdik. U suhbat jarayonida Eldor SHomurodov mavzusiga alohida to'xtalib o'tdi.

- Salom Samir, ishlar qanday ketyapti? Qaysi jamoada to'p tepyapsiz?

- Salom. Hammasi yaxshi. “Bunyodkor”dan keyin Bosniyaning “Jeleznichar”da bir mavsum to'p tepdim. So'ng mamlakatda o'z o'rniga ega “Zrinskiy” safiga qo'shildim. Ayni damda “Sloboda” Tuzla klubi azosiman.

- Ichki chempionat bahslari saviyasi va darajasi bo'yicha qitaning kuchli ligalari bilan tenglasha oladimi? Tomoshabinlarning futbolga qiziqishi va stadionlarga tashrifi hususida...

- Milliy chempionat saviyasi yomonmas. Ko'plab kuchli va mahoratli futbolchilar to'p tepishadi. Terma jamoamiz ham 2014-yil Braziliya mundialida qatnashdi. U erda bilasiz yulduz futbolchilar ko'p narsani hal qilishga qodir. Masalan sardor Edin Jeko, Miralem Pyanich, darvozabon Asmir Begovich. Tomoshabinlarga kelsak, hamma joyda bo'lgani kabi stadionlardagi tribunalarni to'ldirib ishqibozlik qilishadi.


- Keling suhbatimizni “Bunyodkor” jamoasidagi xotiralaringiz bilan davom ettirsak...

- Albatta. “Bunyodkor” mening qadrdon va sevimli jamoam. Har bir uchrashuvni kuzatib boryapman. SHuningdek O'zbekiston milliy terma jamoasiga befarq emasman. Ko'plab futbolchilar, do'stlar orttirdim. Bundan judayam xursandman. Rustam Ashurmatov, Eldor SHomurodov, Otabek SHukurov, Sardor Rashidov, Doston Hamdamov kabi iqtidorlar bilan bir klubda bo'lganimdan baxtliman. Klubimdagi jamoadoshlarimga doim o'zbeklar va u erdagi klublar haqida gapirib beraman. U erda ikki ajoyib yilni o'tkazdim. Hamma-hammasi uchun ularga rahmat aytaman. O'ylaymanki, nasib qilsa yana tez orda uchrashamiz. Umuman yurtingiz va Toshkent borasida gaplarim ko'p. To'g'risi barchangizni sog'inib qolaman.

- “Qaldirg'ochlar” so'nggi bor 2016 yil chempionatimiz sovrindoriga aylangandi. Lekin, shu vaqtgacha natija qo'lga kiritilmadi. Biroq, klub qoshidagi akademiya muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda...

- Ha. Akademiyaga gap bo'lishi mumkin emas. Eshitshim bo'yicha yaqinda ikki yulduzli nomni olar ekan. Ko'p yosh futbolchilar bor. Ularga vaqt berish kerak, bir yoki ikki yildan so'ng natija ham ijobiy ko'rinish oladi va mevasini beradi. Yuqorida keltirgan nomlarim bunga yaqqol misol. Kutish lozim. Ishonch bilan ayta olaman jamoa keyingi yil bemalol chempionlik uchun kurashadi.

- Aslida “Mashal” tarbiyalanuvchisi bo'lgan, katta futbolchi sifatida esa poytaxtda tanilgan Eldor SHomurodovning “Rostov”da qayd etayotgan ko'rsatkichlaridan xabardor bo'lishingiz tabiiy...

- U nafaqat klubida, terma jamoada ham ko'plab gollar kirityapti. Vadim Abramov bosh murabbiy bo'lganidan shodman. SHomurodovning Rossiyadagi o'yinlarini kuzatib boryapman. Deyarli har bir o'yinda gollarga mualliflik qilmoqda. Men o'ynagan payt u yosh edi. Hozir esa yuqori darajaga chiqdi. Uning usha paytdagi potencialidan buni kutgandim. Avvalgidan ko'ra yanada kuchga to'lgan.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика