Sami Xedira: "Angliya chempionatiga o'tish niyatim yo'q"
30 dek 2013 19:14
Yangiliklar


Sami Xedira: "Angliya chempionatiga o'tish niyatim yo'q"
"Real" klubi futbolchisi Sami Xedira jamoani tark etishi to'g'risidagi xabarlarni inkor etdi.
Germaniya terma jamoasi futbolchisi Angliyaga ko'chib o'tish niyatida emas.
– Doimo mening boshqa bir jamoaga ketishim to'g'risida xabarlar chiqadi. Bu men "SHtutgart"daligimdayoq boshlangandi, – deya Xedira so'zlarini keltiradi Bild. – Ana endi meni Angliya chempionatiga jo'natib yubormoqdalar. Aslini olganda esa, men Angliyaning hech bir jamoasi bilan aloqaga chiqganim yo'q.

Fikrlar