Sami Al Jaber: "Bunyodkor"ga qarshi fantastik o'yin bo'ladi"
06 may 2014 17:49
Yangiliklar
Sami Al Jaber: "Bunyodkor"ga qarshi fantastik o'yin bo'ladi"
Ertangi "Bunyodkor" - "Al Hilol" uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ishtirok etishdi.
"Toshkentga yana kelganimdan xursandman. Ertaga bizni qiyin o'yin kutib turibdi. Bunday fantastik stadionda kuchli klubga qarshi o'ynaymiz. "Bunyodkor"ning "Al Jaish"ga qarshi o'yinini ko'rdik. Ular ajoyib o'yin namoyish etishdi. Ertaga fantastik o'yin guvohiga aylanamiz. Birinchi o'yin Toshkentda o'tishi bu yaxshi. SHunday bo'lsada, ertangi ilk uchrashuvda ham faqat g'alaba uchun o'ynaymiz", - deya gap boshladi "Al Hilol" bosh murabbiyi Sami Al Jaber.
"Bunyodkor" ham jismoniy, ham taktik jihatdan kuchli jamoa. Ularga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'rganmiz. Umid qilamanki, ertaga g'alaba biz tomonda bo'ladi.
"Saudiya Arabistoni chempionati tugaganiga bir oy bo'ldi. Biroq, bir hafta oldin Qirol kubogida ishtirok etdik. SHu bois, hali o'yin amaliyoti borasida muammo bo'lmaydi. Tiago Nevesning ertaga o'ynay olmasligi biz uchun katta yo'qotish. Lekin tarkibimizda yana 19-20 nafar kuchli futbolchi bor.
"Bunyodkor" yoki "Al Jaish"dan birini tanlamagan bo'lardim. Ularning ikkalasi ham kuchli jamoa. Qaysidir klubni ajratib ko'rsata olmayman".
"CHempionatda yuta olmadik. Maqsadimiz OCHLda g'olib bo'lish".
Matbuot anjumanida Sami Al Jaberga yarim himoyachi Abdulloh Hafiz hamrohlik qildi. Uning fikri qisqa bo'ldi: Ertaga muhim o'yinda qatnashamiz. "Bunyodkor"ni mag'lub etishga harakat qilamiz.

Fikrlar