Samedov: "Rossiya terma jamoasining Konfederaciyalar Kubogidagi 3 ta uchrashuvi bekorga ketgani yo'q"
25 iyu 2017 20:12
Yangiliklar


Samedov: "Rossiya terma jamoasining Konfederaciyalar Kubogidagi 3 ta uchrashuvi bekorga ketgani yo'q"
Rossiyaliklar guruhdagi 3 ta uchrashuvda 3 ochko to'plab, pley-off bosqichiga chiqa olishmadi.
"Albatta, bu 3 ta bahs bekorga o'tgani yo'q. Bu yirik turnir. Muxlislarga minnatdorchilik bildirmoqchiman, ular bizni bor kuchlari bilan qo'llab-quvvatlashdi.
Ijobiy jihatlarga to'xtaladigan bo'lsak - o'yinimiz ancha o'sdi. Ushbu turnir Rossiya terma jamoasiga katta yordam berdi. Meksikaga qarshi bahsda ko'plab vaziyatlar yaratdik, ammo ularning faqat bittasigina golga aylandi.
Jahon chempionati haqida o'ylayotganim yo'q, chunki hozirgina biz uchun yirik turnir yakunlandi. Xafamiz, biroq oldinga intilish kerak. Rossiya terma jamoasini muhim yil kutib turibdi. To'g'ri xulosalar chiqarib, kerakli yo'nalishda harakatlanish lozim" - deydi Samedov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar