Samarqandning "Dinamo" klubi himoyachisi Tailandda o'ynaydi Yangiliklar

Samarqandning "Dinamo" klubi himoyachisi Tailandda o'ynaydi

"Dinamo"ning chernogoriyalik himoyachisi Adnan Oraxovac faoliyatini Tailandda davom ettiradi.

Oraxovac "Prachuap FC" azosiga aylandi. Ushbu klub o'tgan mavsum Tailand premer-ligasida qatnashib uchinchi o'rinni band etib, Tailand oliy ligasi hisoblangan "Toyota ligasiga" yo'llanma oldi.

2015 yil O'zbekistonga kelgan futbolchi ikki yarim yil "Paxtakor"da o'ynadi. Bu yil yozda u "Dinamo"ga ko'chib o'tgandi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика