Samarqandda Konstituciyaning 29 yilligiga bag'ishlangan musobaqa bo'lib o'tdi
20 dek 2021 12:17
Yangiliklar
Samarqandda Konstituciyaning 29 yilligiga bag'ishlangan musobaqa bo'lib o'tdi
14-19 dekabr kunlari Samarqandda 2011-2012 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasida O'zbekiston Respublikasi Konstituciyasining 29 yilligiga bag'ishlangan musobaqa bo'lib o'tdi.
Musobaqada 9ta jamoa 3ta guruhga bo'lingan holda ishtirok etdi.
"A" guruhi: "Motrid" (Samarqand), "Bunyodkor-B" (Toshkent), BO'SM (Bekobod).
"B" guruhi: "Motrid-B" (Samarqand), "Qizilqum" (Navoiy), "Navbahor-Umid" (Namangan).
"C" guruhi: "Bunyodkor-A" (Toshkent), "World Star" (Jizzax), "Navoiy" (Navoiy).
Har bir guruhda birinchi o'rinni olgan va eng yaxshi natija qayd etgan ikkinchi o'rinni egallagan jamoa yarim finalga chiqdi.
1-4-o'rinlar uchun
"Motrid A" - "Motrid B" 7:2
"Bunyodkor A" - "Navbahor Umid" 7:5
5-8-o'rinlar uchun
"Bunyodkor B" - "Navoiy" 5:3
"World Star" - "BO'SM" 4:1
Fikrlar