Samarqand viloyati hokimi Dinamo klubi bilan uchrashdi
26 jan 2017 10:49
Yangiliklar
Samarqand viloyati hokimi Dinamo klubi bilan uchrashdi
Kuni kecha Dinamo klubi prezidenti Akbar SHukurov va jamoa azolari Samarqand viloyat hokimi, viloyat futbol federaciyasi prezidenti Himmat Oqbo'taev qabulida bo'lishdi.
Uchrashuv chog'ida Samarqand viloyat futbol federaciyasi prezidenti Himmat Qo'chqorovich Dinamo klubini Oliy Ligaga qaytgani bilan tabriklab, joriy mavsumda ham jamoadan samarqandlik minglab futbol muxlislarining umidlari katta ekanligi, shunga yarasha ularni xursand etish lozimligini uqtirdi. Buning uchun klubning tayyorgarlik rejasini tasdiqlab, zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish kerakligini belgiladi. Jamoaga tarkibni yanada kuchaytirish va Oliy Liga-2017 mavsumiga munosib ishtirok etish vazifasi yuklandi. Tez orada jamoa safiga yangi futbolchilar taklif etilishi kutilmoqda.
Fikrlar