Samandar SHodmonov: Qarshidan hech bo'lmasa durang bilan qaytishimiz mumkin edi
10 may 2016 18:02
Yangiliklar
Samandar SHodmonov: Qarshidan hech bo'lmasa durang bilan qaytishimiz mumkin edi
Oliy liga sakkizinchi turining Nasaf - Qizilqum uchrashuvi (2:0) yakunlangach, navoiyliklar yarim himoyachisi Samandar SHodmonov o'z fikrlarini bildirdi.
- Qarshida jamoamiz yomon o'yin namoyish etmadi, - deydi Samandar SHodmonov. - Garchi, Nasaf futbolchilari tezkor gol kiritib, jamoamizni qiyin ahvolda qoldirgan bo'lsa-da, uchrashuvning ikkinchi bo'limida o'yinda etarli tashabbusga ega bo'ldik. Afsuski, yaratilgan golli vaziyatlardan samarali foydalana bilmadik. Agar maydonda sovuqqonroq harakat qilganimizda Qarshidan hech bo'lmasa durang bilan ham qaytishimiz mumkin edi.
O'ylaymanki, bu o'yin men va jamoadoshlarim uchun kelgusida jiddiy saboq bo'ladi. Mashg'ulotlarda astoydil ter to'kyapmiz. Ammo qulay imkoniyatlarni golga aylantirishda oqsayotganligimiz bor gap. Xato-kamchiliklarni bartaraf etsak, keyingi bahslarda albatta muxlislarni quvontiramiz.
Qizilqum PFK matbuot xizmati.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar