So’nggi yangiliklar

17:10АПЛ раиси лигалар ўйин тақвими бўйича ФИФА билан курашаётганини таъкидлади  0 17:02Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  3 16:42Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркия билан ўртоқлик баҳсларида қатнашади  0 16:26МДҲ Кубоги. Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Қирғиз Республикасидан устун келди  4 15:55"Манчестер Юнайтед" Аморимга мавсум охиригача вақт беришга тайёр  1 15:30Фабио Каннаваронинг охирги иш жойидаги маоши қанча эди?  9 14:55"Ливерпуль" "Реал" қизиқишларига қарамай, Конате билан шартномани узайтирмоқчи  2 14:26"Барселона"нинг ЕЧЛ доирасидаги навбатдаги уй учрашуви қаерда ўтиши маълум  1 13:54"Нефтчи" Абдураимов ва Иванков билан бир ҳафта ичида ҳисоб-китоб қилиши лозим — ПФЛ  4 13:38Ла Лига президенти "Манчестер Сити"ни қаллобликда айблади  2 13:11"Манчестер Юнайтед" 17 ёшли колумбиялик истеъдодни сафига қўшиб олмоқчи  4 12:44Трамп Эрон вакилларининг ЖЧ қуръасида қатнашишига тўсқинлик қилмоқда  11 12:15Жамолиддин Раҳматуллаев: "U-20 Жаҳон чемпионатининг Озарбайжон ва Ўзбекистонга берилиши катта мотивациядир"   2 11:53Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Тошкентда Озарбайжон билан ўртоқлик учрашуви ўтказади  2 11:20Каннаваро мураббий сифатида Ўзбекистонга ютқазган ўйинни ёдга оламиз  27

Samandar SHodmonov: "Ertangi o'yinda xato qilmagan xolda "Turon"ni mag'lub etmoqchimiz Yangiliklar

Samandar SHodmonov: "Ertangi o'yinda xato qilmagan xolda "Turon"ni mag'lub etmoqchimiz

Xabaringiz bor, ertaga PRO-Liga 3-turi doirasida G'uzorning "SHo'rtan" klubi o'z maydonida Yaypanning "Turon" jamoasini qabul qiladi.

Mazkur qiziqarli to'qnashuv oldidan mezbonlar sardori, tajribali futbolchi Samandar SHodmonovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Samandar, joriy mavsumda "SHo'rtan" oldiga qanday vazifalar qo'yilgan?

-Jamoamiz oldiga PRO-Ligada chempionlikni qo'lga kiritgan xolda yana Superligaga qaytish vazifasi qo'yilgan. Navbatdagi uchrashuvlarda g'alaba qozonib, ushbu vazifani uddalashni maqsad qilganmiz.

- Futbolchilik faoliyatingizni yakunlaganingizdan so'ng, murabbiy bo'lishni maqsad qilganmisiz?

- Ochig'i hali ko'plab uchrashuvlarda maydonga tushib, "SHo'rtan" g'alabalariga o'z hissamni qo'shmoqchiman. Nasib bo'lsa kuni kelib futbol murabbiyi bo'lishni maqsad qilganman.

- Faoliyatingiz davomida turli Qashqadaryo klublarida o'ynagansiz. Sizningcha esda qolgan "derbi" qaysi o'yin bo'lgan?

- Ha to'g'ri, bugunga qadar Qashqadaryoning 3 ta klubida o'ynaganman. Bilasizmi, bu o'yinlarning hammasi ham qiziqarli bo'lgan, hech birini alohida ajratib ko'rsata olmayman. Barcha bellashuvlar zo'r bo'lgan.

- Bu yilgi mavsumdan "SHo'rtan"da yangi bosh murabbiy - Asror Aliqulov ish boshladi...

- Ha, klubimiz rahbariyati Asror Aliqulovning imkoniyatlariga ishongani xolda jamoa boshqaruvini topshirdi. Ayni vaqtda jamoamiz bosh murabbiyimizning ko'rsatmalari asosida ishlamoqda. Biz futbolchilar ham Asror Aliqulovni "SHo'rtan"ni Superligaga olib chiqishiga ishonamiz.

- Ertaga PRO-Liganing 3-turi doirasida Yaypanning "Turon" jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. Bu o'yinga tayyorgarlik jarayoni qanday ketmoqda?

- Har bir uchrashuvda raqib kim bo'lishidan qatiy nazar faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz. "Turon"ga qarshi o'yinga ham murabbiylarimiz ko'rsatmalari asosida jiddiy tayyorgarlik olib bormoqdamiz. Bu turda xato qilmagan xolda g'alabaga erishib, jamoamiz muxlislarini xursand qilmoqchimiz. SHu o'rinda karantin vaqtida masofadan turib bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildirmrqchiman. Barchangizga sog'liq va tinchlik-totuvlik tilayman!

Timur Ibragimov yozib oldi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика