Samandar SHodmonov: Bunday o'yinda bitta xato ham qimmatga tushadi
27 iyu 2016 17:18
Yangiliklar
Samandar SHodmonov: Bunday o'yinda bitta xato ham qimmatga tushadi
Oliy liga o'n to'rtinchi turidan o'rin olgan Qizilqum - Neftchi uchrashuvidan (0:0) so'ng, mezbonlar yarim himoyachisi Samandar SHodmonov o'yin haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.
- O'yin shiddatli va og'ir kechdi, - dedi Samandar SHodmonov. - Har ikki jamoa ham butun uchrashuv davomida juda ehtiyotkor bo'lib o'ynadi. Aslida bunaqa bahsda bitta xato o'yin taqdirini hal qilardi. SHu kuni raqib darvozaboni O'tkir Yusupov juda ko'p vaziyatlarda mahorat ko'rsatib, o'z jamoasi joniga oro kirdi. O'z maydonimizda qimmatli ochkolarni boy berib qo'yganimiz juda alamli bo'ldi. Endi bor etiborimizni navbatdagi uchrashuvga qaratamiz. Jizzaxda chiroyli o'yin namoyish etib, o'z muxlislarimizni quvontirishga harakat qilamiz.
Qizilqum PFK Matbuot xizmati.
Fikrlar