So’nggi yangiliklar

14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  6 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  0 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  5 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  6 09:30Суперлиганинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  20 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  8

Samandar Ochilov: “Takliflarga qarab qaror qabul qilaman” Yangiliklar

Samandar Ochilov: “Takliflarga qarab qaror qabul qilaman”

Xabaringiz bor, Tojikiston chempionatida ko'plab hamyurtlarimiz to'p tepmoqda.

Samandar Ochilov esa “Xo'jand” klubi sharafini himoya qilmoqda. Kuni kecha “Xo'jand” chempionatning 19-turi doirasida “Dushanbe” (5:0)ni mag'lubiyatga uchratdi. O'yindan keyin Ochilov bilan suhbatlashdik.

- Bu o'yinda g'alaba qozonmasak bo'lmasdi, - deya so'z boshladi Ochilov. Avvalgi tur o'yinlarida ochkolar yo'qotdik. Muxlislarni xursand qilish uchun muxlislarimiz qarshisida g'alaba qozonishimiz lozim edi.  “Dushanbe” ham jiddiy qarshilik ko'rsatdi. Mavsum yakunlanib bormoqda. SHunga oson o'yinlar bo'lmaydi.

- “Xo'jand” mavsum avvalida qo'ygan maqsadiga erisha oladimi?

- O'ylashimcha ha. Rahbariyat mavsum davomida bizga barcha sharoitlarni yaratib berdi. Biz esa qo'yilgan maqsadimizni amalga oshirish uchun oxirigacha kurashdik.

- Tojikiston futboli borasida nimalarni ayta olasiz?

- CHempionat saviyasi chakki emas. Asosan yakkakurashlarga ko'proq etibor berilarkan. Jismoniy tomonlama kuchli bo'lmasangiz, bu erda to'p tepish oson emas. SHu jihatlari bilan menga yaxshigina tajriba berdi.

- “Xo'jand” bilan shartnomangiz tugab bormoqda. Kelgusidagi maqsadlar qanday?

- Hozircha bu borada biror-bir gapni ayta olmayman. Bir nechta klublardan takliflar bor. Mavsum yakuniga etganidan so'ng takliflarni yaxshilab o'rganib chiqqan holda bir qarorga kelaman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика