So’nggi yangiliklar

11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  0 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  1 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  1 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  2 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  1 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  5 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  4 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4

"Salom, menga yordaming kerak". "Barselona"ning Rim-2009 finalidagi g'alabasida teleprodyuserning ham qo'li bor ekan Yangiliklar

"Salom, menga yordaming kerak". "Barselona"ning Rim-2009 finalidagi g'alabasida teleprodyuserning ham qo'li bor ekan

Rimdagi CHL-2009 finaliga bir necha kun qolganida Pep Gvardiola o'ta muhim bahsga jamoasini o'zgacha uslubda ruxlantirishga qaror qildi.

Kataloniyaning TV3 telekanali prodyuseri Santi Padroga qo'ng'iroq qildi: "Salom, Santi. Uchrashishimiz kerak. CHempionlar ligasini yutishda yordaming kerak bo'ladi".


Vazifa bajarildi va Gvardiola tayyor bo'lgan videoni ko'rib yig'lab yubordi. Santi aynan Pep istagan narsani qila olganini tushundi.


Finaldan avvalgi mashg'ulot jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy tomonidan erta to'xtatilgani "Barselona" futbolchilarini hayron qoldirdi. Mashg'ulotdan so'ng doimo Viktor Valdes birinchi bo'lib kiyinish xonasiga kirardi. Rimda ham shunday bo'layotgandi, ammo eshik yopiq ekan. U eshikni taqillatdi. Pepning assistentlaridan biri eshikni ochdi, biroq Valdesning yo'lini to'sib, futbolchilar biroz kutib turishi haqida aytdi. Viktor nima bo'layotganini tushunmayotgan edi. Biroz o'tib futbolchilar ichkariga kirdi.

Gvardiola hamma uni eshitishi uchun baland ovozda gapirdi: "Yigitlar, siz buni tomosha qilishingizni xohlayman. Rohatlaning. Biz jamoaviy mehnat evaziga Rimdamiz!" Kiyinish xonasidagi chiroq o'chdi, xona markazidagi katta ekranli televizor ishga tushib, unda "Gladiator" filmidagi qo'shiq yangray boshladi.


Gvardiolaning do'sti Santi Padro fonida "Gladiator" saundtreki bo'lgan "Barselona"ning har bir futbolchisi haqida etti daqiqalik ilhomlantiruvchi rolik tayyorladi.


Barcha futbolchilar, hatto o'sha mavsum zaxirada qolib ketganlar ham filmda tilga olindi. Rolikda hamma ko'rsatildi. Faqat Pep Gvardioladan tashqari - murabbiy ushbu videoda uning ishi haqida hech qanday kadr va so'z bo'lmasligi borasida kelishib olgandi. Film yakunlanganida kiyinish xonasida jimlik hukm surardi. Futbolchilar avvaliga hayratdan, keyin esa hissiyotlardan qimirlay olishmadi. Yigitlar bir-biriga qarab qo'yishdi, bazilarning ko'zidan yosh oqardi. Gabriel Milito shundaylarning biri edi: U finalda maydonga tusha olmadi. Futbolchilar o'z-o'zidan qo'llarini bir-birining elkasiga qo'yishdi. Bu haqiqatdan ham unutilmas onlar edi.


O'sha rolik kerakmidi? "Bu video jiddiy tasir qildimi yoki yo'q, ammo finalning dastlabki daqiqalarida juda yomon o'ynaganmiz" - degandi Inesta bir nechay yildan so'ng. Gvardiola ushbu video haqida gapirayotib, futbolchilarga ruxlantiraman deb, biroz oshirib yuborganini tan olgan.


Endi esa o'sha filmni etiboringizga havola qilamiz.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика