

Mazkur aniq zarba YCHL finallari tarixida kiritilgan eng tezkor gollar ro'yxatida ikkinchi o'rindan joy oldi. Eng yaxshi natija esa musobaqaning 2005 yilgi finalida qayd etilgan. O'shanda Milan sardori Paolo Maldini 55-soniyada Liverpul darvozasiga gol urgandi. Maldini hamda Salohdan keyingi o'rinda esa Gaiska Mendeta turibdi. U YCHL 2000/01 yilgi mavsum finalining uchinchi daqiqasi penaltini samarali bajarib, Bavariya posbonini ranjitgandi.



