Saloh "Liverpul"dan ketmoqchi
02 may 2022 15:15
Yangiliklar


Saloh "Liverpul"dan ketmoqchi
"Liverpul" rahbariyati Jeyms Milner hamda Muhammad Salohga shartnoma taklif qildi.
"The Telegraph" xabariga ko'ra, Yurgen Klopp iltimosiga binoan 36 yoshli himoyachiga 1 yillik shartnoma taklif qilingan. Tomonlar deyarli kelishuvga erishgan.
Ammo Muhammad Saloh bilan muammolar bo'lmoqda. U "Liverpul" bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas. Misrlik futbolchi Ispaniya klubiga o'tish niyatida. 29 yoshli futbolchining "Liverpul" bilan kelishuvi yana 1 mavsum davom etadi.
Ushbu mavsumda Milner "Liverpul" tarkibida barcha turnirlarda 35 o'yinda qatnashib, 3 gol urdi. Saloh esa 45 uchrashuvda 30 gol va 14 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar