Saloh “Liverpul”da tarixiy rekordni yangiladi. SHuningdek, u MYUga gol urish bo'yicha SHirerning natijasini takrorladi
06 mar 2023 08:40
Yangiliklar


Saloh “Liverpul”da tarixiy rekordni yangiladi. SHuningdek, u MYUga gol urish bo'yicha SHirerning natijasini takrorladi
Angliya chempionati 26-turida “Liverpul” o'z maydonida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi – 7:0.
Uchrashvuda dublga erishga Muhammad Saloh mersisaydliklar safida APLdagi gollarini 129 taga etkazib, bu borada klub rekordini yangiladi. Avvalgi eng yaxshi natija Robbi Faulerga tegishli edi – 128 ta gol.
Bundan tashqari, Saloh Premer-liga doirasidagi o'yinlarda MYU darvozasiga gol urish bo'yicha Alan SHirerning rekordini takrorladi. Hozirda ikki futbolchida 10 tadan gol bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar