Salixamijich tasdiqladi: Upamekano "Bavariya"ga o'tadi
13 fev 2021 07:48
Yangiliklar


Salixamijich tasdiqladi: Upamekano "Bavariya"ga o'tadi
"Bavariya" sport direktori Xasan Salixamijich "RB Leypcig" himoyachisi Dayo Upamekanoning klubga o'tishini tasdiqladi.
"Men Upamekanoning "Bavariya"ga o'tishini tasdiqlashim mumkin. Bizda futbolchi va uning agenti bilan bir necha oy davomida qizg'in va professional muzokaralar bo'ldi", - deydi Salixamijich.
Manbaning xabariga ko'ra, "Bavariya" franciyalik himoyachi uchun 40 million evro miqdorida mablag' to'laydi.
22 yoshli Upamekano joriy mavsum "RB Leypcig" libosida Bundesligada 19ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
23:29
BAA Pro ligasi. "Al Bataeh" kutilmaganda "Sharja"dan ustun keldi, "Al Vahda"dan yirik g'alaba 0

Fikrlar