So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  0 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  1 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Salimjon Zokirov: "Yozyovon" Bahraynda o'ynagan futbolchi bilan kelishuvga erishdi" Yangiliklar

Salimjon Zokirov: "Yozyovon" Bahraynda o'ynagan futbolchi bilan kelishuvga erishdi"

PRO-liganing 5-turidan o'rin olgan "Yozyovon" - "SHerdor" (4:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Salimjon Zokirov championat.asia saytiga intervyu berdi.

- Assalomu alaykum, Salimjon aka! Avvalol bugungi qo'lga kiritilgan g'alaba bilan tabriklaymiz.  Bugungi o'yin haqida nimalar deya olasiz? Qo'lga kiritilgan g'alabaga qanday omillar tasir ko'rsatdi?
- Rahmat sizga! Biz o'tgan o'yinlarda raqib darvozasiga gol urishda qiyinchiliklarga duch kelayotgandik. SHu bois bugungi o'yinning ahamiyati biz uchun juda muhim edi. Bugungi uchrashuvga nisbatan shogirdlarimda juda kuchli ishtiyoq bor edi, ular maydonda o'yinning dastlabki daqiqalaridanoq borlarini berib harakat qilishdi. Men shogirdlarimdagi ishtiyoqni ko'rib, yuragim sezgandi. Raqib futbolchilari chetlatilmaganida ham bugun yutishimizga ishonchim komil edi. O'tgan turlardagi o'yinlarga qaraganda bugun mazmunliroq o'yin ko'rsatdik, g'alaba ham mazmunli o'yin, ishtiyoq va shijoat evaziga qo'lga kiritildi.

- O'zbek futbolidagi bugungi islohotlar. Super-liga va PRO-Liga formatlari. Yangicha yondashuv. Salimjon aka, tajribali murabbiy sifatida aytingchi, bu islohotlar o'zbek futboli rivojiga qanday tasir ko'rsatmoqda?
- Men kuni kecha "Bunyodkor" - "Lokomotiv" uchrashuvini tomosha qildim. O'zbek futbolidagi islohotlar samarasi bu! Kim o'yinni ko'rgan bo'lsa aytadi, Evropa futbolidan qolishmaydigan o'yin bo'ldi, maydonning har bir qarichi uchun jiddiy kurashlar, ketma-ket xavfli vaziyatlar, o'yinnig borishi, futbolchilardagi shijoat, umuman aytganda bu jamoalar ko'rsatgan o'yin orqali o'zbek futbolining kelajagi porloq ekanligia ishonch hosil qildim.



- PRO-Ligada ishtirok etayotgan “Yozyovon” klubining kelajakdagi rejalari qanday?  Jamoa PRO-ligadan Superligaga chiqish imkpniyatlarini qanday baholaysiz? SHuningdek davralar oralig'ida jamoani yanada kuchaytirish, selekciya ishlari haqida gapirib o'tsangiz...
- Biz “Yozyovon” klubini asosan mahalliy yoshlar hisobiga shakllantirib kelmoqdamiz. Hozircha Superligaga chiqish borasida imkoniyatlarmiz bir oz pastroq, shu sababli PRO-ligaga munosib bo'lish yo'lida ishlarni amalga oshiryapmiz, moddiy-texnika bazasi klub infratuzilmasini yaxshilash borasida oldimizda qiladigan ishlarimiz juda ko'p. Selekciya jarayoni haqida gapirsak, yuqorida aytdim bizning klub asosan mahalliy yosh futbolchilardan iborat, xatto o'tgan yili tarkibimizda bo'lgan tajribali futbolchilar bilan ham xayrlashishimizga to'g'ri keldi, zaxiramiz bilan maqtana olmaymiz. Davralar oralig'ida ko'z ostimizga olib qo'ygan futbolchilar bor, ular bilan shartnoma imzolashga urinib ko'ramiz. SHuningdek o'zimizning futbolchi, o'tgan yili Bahraynda o'ynab qaytgan Izzat G'aniev bilan kelishuvga erishdik, hujjatlar borasida ishlar amalga oshirlgach, yaqin kunlarda jamoamizda ushbu futbolchini ko'rasizlar, o'ylanmanki uning tarkibimizga qo'shilishi jamaomizni yanada kuchaytiradi.

- Mazmunli suhbat uchun rahmat! Kelasi uchrashuvlarda muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Bekzod Tolibov suhbatlashdi


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика