So’nggi yangiliklar

01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  0 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  49 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:32Англия лига кубоги. "Арсенал" – "Кристал Пэлас". Таркиблар аниқ!  3 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Salimjon Zokirov: "Ikkinchi davrada "Yozyovon"ga hujumchi olib kelmoqchimiz" Yangiliklar

Salimjon Zokirov: "Ikkinchi davrada "Yozyovon"ga hujumchi olib kelmoqchimiz"

PRO-Liga 15-turidan o'rin olgan “Yozyovon ”- “Iftixor” (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Salimjon Zokirov “Championat.asia” saytiga intervyu berdi.

- Bugungi uchrashuv “derbi” maqomiga ega edi. Bunday uchrashuvlar shiddatli va keskin kurashlarga boy tarzda o'tadi. Mana bugun uchrashuvni kuzatgan mutaxassislar, o'yingohimizga tashrif buyurgan muxlislar o'zlari guvoh bo'lishdi, uchrashuv jangovor ruhda o'tdi. Ilgariyam aytganman, endi yana aytaman, bizda yaratilgan vaziyatlardan foydalanishda muammolar ko'zga tashlanmoqda. Bu uchrashuvda birinchi bo'limda yuzaga kelgan imkoniyatlardan foydalanganimizda, uchrashuv butunlay boshqacha hisob bilan yakunlanishi mumkin edi. Aynan shu bizda kuzatilayotgan kamchilik ustida ishlaymiz.

Ikkinchi davraga tayyorgarlik borasida rejalarimiz mavjud, biz ikkinchi davrada jamoamizga hujumchi olib kelishni maqsad qilganmiz, kuzatib yurgan futbolchilarimiz bor. Birinchi davra bo'yicha fikr yuritadigan bo'lsak, bizda hujumdan boshqa chiziqda hozircha muammolar yo'q, barcha futbolchilardan ko'rsatayotgan o'yinlari uchun minnatdorman. Ilgari aytganimdek, tarkibimizga Izzat G'anievni qo'shib olsak, o'ylaymanki himoyamiz bundanda mustahkam bo'ladi. Davralar oralig'ida yig'in o'tkazish bo'yicha rejamiz bor,  yig'in o'tkaziladigan  joy bo'yicha keyinroq malumot beramiz.      

Bekzod Tolibov yozib oldi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика