Salihamijich Kanselu nega "Bavariya" asosiy tarkibida o'ynamayotganligini tushuntirdi
11 mar 2023 12:59
Yangiliklar


Salihamijich Kanselu nega "Bavariya" asosiy tarkibida o'ynamayotganligini tushuntirdi
"Bavariya" sport direktori Hasan Salihamijich nima uchun Joau Kanseluga boshlang'ich tarkibdan joy ajratilmayotgani haqida to'xtaldi.
Kanselu oxirgi marta 14 fevral kuni ECHL 1/8 finali doirasidagi PSJga qarshi o'yinda dastlabki daqiqalardanoq maydonda harakat qilgandi. O'shandan beri u 3 marta zaxiradan maydonga tushdi va 1 marta o'yin oxirigacha zaxirada qoldi.
"So'nggi paytlarda u mashg'ulot o'tkazdi va biz kutgandek o'ynamadi.
Joau juda muhim futbolchiga aylanadi. Biz u bilan yaxshi muloqot qilamiz. U kelajakda muhim o'yinchi bo'la oladi", – dedi Salihamijich.
Portugaliyalik futbolchi yanvar oyida "Manchester Siti"dan mavsum oxirigacha sotib olish huquqi bilan ijaraga olingan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar