Salgado: "Karvaxalni JCHga olib ketishmagani syurpriz bo'ldi"
10 iyu 2014 10:01
Yangiliklar
Salgado: "Karvaxalni JCHga olib ketishmagani syurpriz bo'ldi"
"Real" va Ispaniya terma jamoasi sobiq himoyachisi Michel Salgado bosh murabbiy Visente Del Boske JCH-2014ga nima uchun Daniel Karvaxalni olib ketmaganiga hayron.
"Bu syurpriz, Karvaxal Jahon chempionatiga bormaydi. Bu mavsum ispaniyalik qanot himoyachilar ajoyib o'yin namoyish etishdi. Danielni terma jamoada ajoyib yillar kutib turibdi. Asosiysi u Madridda o'z o'rniga ega bo'ldi, bu oson emas. Bir necha yillar davomida "Real" va terma jamoaning o'ng qanot himoyasida o'ynaydi", - deydi Salgado.
Fikrlar