Salciomercato: Buffon yaqin ikki kun ichida PSJ bilan shartnoma tuzadi

Narzulla Saydullayev
11 iyun 2018, 09:50
"Yuventus" klubi sobiq darvozaboni Janluiji Buffon yaqin kunlarda PSJ a'zosiga aylanadi.

Tomonlar kelishuvga erishib bo'lishdi, shunchaki kichik detallar qoldi xolos. Transfer haqida rasman seshanba yoki chorshanba kuni e'lon qilinishi mumkin.

Buffon Parij klubi bilan 2 yillik shartnoma tuzadi va yiliga 7 million evro maosh oladi. Bundan tashqari italiyalik darvozabon JCH-2022 elchisiga ham aylanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: calciomercato.com