Salohning agenti "Liverpul" bilan yangi shartnoma borasida muzokara o'tkazish uchun uchib keldi

Alisher
17 okt 2021, 11:47
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Salohning agenti Remi Abbas Issa klub bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar o'tkazish uchun uchib keldi.

Issa APL 8-tur "Uotford" (5:0)ga qarshi o'yinda bor edi. 

Agent Liverpulda yana bir necha kunlarni o'tkazmoqchi, uning mersisaydliklar bilan 29 yoshli misrlik futbolchining yangi shartnomasi borasida muzokaralari rejalashtirilgan.

Saloh 2021/22 yilgi mavsum "Liverpul" tarkibida 10ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 4ta assist qayd etdi. O'yinchining amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Star