So’nggi yangiliklar

20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  19 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  18 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  4 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  13 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2

Salah haqida boshqalar nima deydi? Yangiliklar

Salah haqida boshqalar nima deydi?

Mashhur kishilar misrlik iqtidor egasi Muhammad Salah haqida o'z fikrlarini bildirib o'tishdi.

- "Menga u yoqadi. Unda juda katta qobiliyat bor. U xuddi Messiga o'xshab ketadi. U ham chap oyoqda o'ynaydi, tezkor, chaqqon, golga o'ch hamda to'p bilan juda tez". (Ronaldo, braziliyalik sobiq hujumchi). 

- "Salahga o'xshab o'ynaydigan men ko'rgan oxirgi futbolchi bu Diego Maradona edi. Salah shu tarzda davom etsa, dunyoning eng kuchli futbolchisi bo'ladi". (Yurgen Klopp, "Liverpul" bosh murabbiyi). 

- "Bizdan Umm Kultum va Najib Mahfuz kabilar boshqa chiqmasa kerak. Odamlar Misrga qadimgi yodgorliklarni ko'rish uchun kelishadi. CHunki zamonaviy nimadir bilan maqtana olmaymiz. Lekin Muhammad Salah - maqtansa arziydigan mavzu". (Samuel Tadros, misrlik olim) 

- "Salah - alohida futbolchi. U men bilan ishlagan futbolchilar orasida eng kuchlisi. Uni quvib etish uchun motocikl mingan bo'lishingiz kerak". (Luchano Spalletti, italiyalik murabbiy) 

- "U faoliyatining eng yuqori cho'qqisiga chiqib boryapti. U men uchun ayni paytda sayyoramizning eng kuchli futbolchisi". (Steven Jerrard, "Liverpul" sobiq futbolchisi)

- "Uni doim qo'riqlashadi, lekin baribir gol urishni eplaydi. U xuddi bir paytlar Belgiyaga qarshi o'ynagan Maradonaga o'xshaydi. U to'p bilan oldinga ketaveradi, hozirgi futbolda buni bajarish oson emas. Himoyachilar unga qarshi chiqqanda hozir to'pni sherigiga uzatadi deb o'ylashadi. Lekin Salah unday qilmaydi, u himoyachini ham aldab keyin darvoza tomon zarba beradi". (Martin Kioun, Angliya termasi sobiq himoyachisi) 

- "Salah bu dunyodan tashqarida. Uni men bilan umuman taqqoslab bo'lmaydi. CHunki Salah - boshqa dunyo. Uni bemalol Ronaldu va Messi bilan bir o'ringa qo'ysa bo'ladi". (Robbi Fauler, "Liverpul" sobiq hujumchisi) 

- "U - buyuk futbolchi. U o'yinni o'zgartirib yuboradi. Bu ishni Messi va Ronaldu 10 yildan beri qilib kelyapti. Endi Salah ham ular safiga qo'shildi". (Rivaldo, braziliyalik sobiq yarim himoyachi) 

- "Men Olimpiada o'yinlarida Salahning Marseloga qarshi nimalar qilganini ko'rganman. O'shanda Marselo qo'rqib ketgandi. Xuddi shuningdek, "Roma" - "Real" uchrashuvida ham Salah Marseloga umuman imkoniyat qoldirmagandi". (Muhammad Abutrika, Misr termasi sobiq futbolchisi) 

- "Xo'sh, nima desam ekan... U Menga Messini eslatib yuboradi. CHunki Messida bor xususiyat unda ham bor". (Ian Rayt, sobiq futbolchi) 

- "Uni to'xtatish qiyin. U seni chap oyoqda bemalol aldab ketadi. U tezkor, u kuchli, u ko'p gol uradi. U - maydondagi boss". (Dide Drogba, mashhur hujumchi)

- "Oxirgi paytlarda dunyoning eng kuchli ikki futbolchisi Messi bilan Ronaldu haqida ko'p gapirdik. Lekin o'tgan mavsum Salah eng yaxshi bo'ldi. U Misrni jahon chempionatiga olib chiqdi. Qolaversa, eng qiyin chempionatda o'ynaydi". (Ian Rash, "Liverpul" afsonasi)

- "Salah nihoyatda kuchli futbolchi. U har doim yaxshi o'yin namoyish etib kelmoqda. U shubhasiz dunyoning eng kuchli o'yinchisi bo'la oladi". (Alessandro Del Pero, "Yuventus" afsonasi)

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика