So’nggi yangiliklar

22:52Элдор Шомуродов "Ювентус"га қарши ўйинни асосий таркибда бошлайди!  15 22:47Абдуқодир Ҳусанов эртага ўтказиладиган "Ланс" – "Клермон" учрашуви қайдномасига киритилди  1 22:35Эрон. "Истиқлол" навбатдаги ғалабага эришди. Машарипов 78 дақиқа ўйнади  0 22:26СПЛ. Роналдусиз "Ал Насср" "Ал Файҳа"ни енгди. Садио Манедан дубль  0 21:40Ўқинг, қизиқ! Максим Саррафнинг онаси ПФЛдан миннатдорлигини билдирди  6 21:40"Сирдарё ФА" бош мураббийи: "Кубок ўйинлари биз учун тажриба мактаби бўлаяпти"  1 21:25"Дўстлик" бош мураббийи Шуҳрат Қурбонов: "Ўзгаришларсиз футбол бўлмайди"  0 21:05"Барселона"ни таслим этган Усмон Дембеле ЕЧЛда ҳафта ўйинчиси деб топилди  8 20:44Муҳсин Низомиддинов: «Ҳар икки жамоани ажойиб ўйин билан табриклайман»  0 20:32Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон иккинчи турда Ироқни мағлуб этди  7 20:30Максим Шацких: "Захирада деярли ёш болалар ўтиришди"  6 20:10U-23 Осиё Кубоги. Корея Ли Ён Жуннинг дубли эвазига Хитойни мағлуб этди  1 19:54Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" Сирдарё ФАга 5 та гол урди, "Металлург" ишончли ғалабага эришиб, плей-оффга чиқди, "Қўқон-1912" сафарда "Пахтакор" билан дуранг ўйнади  22 19:29Ўзил "Эл Класико" даражаси тушишида "Барселона"ни айблади  8 19:05Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Қўқон-1912" 0:0. Highlights  1

Sakkizta charm to'pga almashtirilgan Antonio Konte Yangiliklar

Sakkizta charm to'pga almashtirilgan Antonio Konte

Bugun o'z vaqtida kuchli o'yinchi, hozir esa buyuk murabbiylardan biri bo'lgan Antonio Konte haqida suhbatlashishning ayni vaqtidir.

Nega deysizmi?! Hozir tushunib olasiz. A Seriyaning 12-turida "Inter" uyida "Verona" jamoasi ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi va milliy chempionatida birinchi o'ringa chiqib oldi. Bilaman, bundan xabaringiz bor. Ha, jamoa mavsumni ajoyib tarzda boshladi, ishonch va o'z uslubiga ega bo'ldi. Bunga esa asosiy sabab yangi murabbiy ekanini ham juda yaxshi bilasiz. SHunday ekan, Konte haqidagi ajoyib faktlar, qiziqarli voqealar sizni o'ziga jalb eta olishi aniq. Undan bo'lsa, ushbu maqolani etiboringizga havola etamiz.

Qahramonimiz 1969 yilning 31 iyul kuni Lechche shahrida dunyoga keldi. Otasi Kozimo - farzandi professional va buyuk futbolchi bo'lishini chin dildan xohlagandi.


Konte — o'yinchi

"Lechche"

Konte bolaligidan havaskor klub "Yuventina Lechche"da otasi bilan shug'ullandi, yani Kozimo o'g'li o'z iqtidorini namoyon etishi uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilgan. Uning mehnatlari besamar ketmadi — Antonio "Lechche" safida to'p tepa boshladi. Otasi o'g'li uchun malum miqdordagi pulini sarflash va o'ntadan kam bo'lmagan charm to'p olib berishga tayyor edi. Ammo tomonlar 8ta charm to'pga kelishishdi hamda "bonus" sifatida Konte bilan uning do'sti va jamoadoshi Sandro ham "Lechche" o'yiniga boradigan bo'ldi. "Lechche" va Antonio Konte 1985/86 yil Italiya futbol elitasida debyut qilishdi. Kontening A Seriyadagi ilk o'yini 1986 yil 6 aprel kuni - "Piza"ga qarshi bahs bo'ldi. Ammo o'sha mavsum "Lechche" A Seriyadagi o'rnini saqlab qololmadi va B Seriyaga tushib ketdi.



Kelasi mavsum boshida Konte Italiya Kubogi doirasida 2ta o'yinda maydonga tushdi va jiddiy jarohat oldi. Ha, uning futbolchilik faoliyati 17 yoshida yakunlanishi mumkin edi. O'sha mavsum Antonio umuman maydonga tushmadi. Bu orada esa "Lechche" A Seriyaga qaytishga muvaffaq bo'ldi. Konte elitadagi bir mavsumning 19 bahsida ishtirok etdi. "Lechche" nafaqat elitada yana bir yil qolishi, balki chempionatda 9-o'rinni egallashida o'z hissasini qo'shdi. Bu klub tarixidagi rekord ko'rsatkichdir.


"Yuventus"

Yosh futbolchiga Italiyaning etakchi klublari qiziqish bildira boshladi. Biroq Antonio butun umri davomida "Yuventus"da o'ynashni istagandi. "Keksa sinora" unga qiziqish bildirayotganini eshitgan zahoti bir daqiqa ham o'ylab o'tirmadi va rozilik javobini berdi. O'sha vaqtlar Jovanni Trapattoni "Yuventus"ni boshqarardi. U yosh futbolchini yarim himoyaning o'ng qanotida o'ynata boshladi. Birinchi yili Antonio asosan zaxiradan maydonga tushdi, sababi o'yin tizimi hamda taktikasiga ko'nikib olishi uchun murabbiy unga biroz vaqt bergandi. Kelasi yildan esa Konte asosiy tarkibga mustahkam o'rnashdi va uzoq vaqtgacha "Yuventus"da harakatlandi.

Oradan bir yil o'tib Trapattoni jamoadan ketdi. Uning o'rnini esa Marchelo Lippi egalladi. Yangi murabbiy tabiiyki, yangi taktikadan foydalana boshladi: 4-2-3-1. Natijada Konte markaziy zonadan joy egalladi — Medzala (Mezzala). Oradan hech qancha vaqt o'tmay, Antonio "Yuventus" tifozilari etiboriga tushdi va sardorlik bog'ichiga ega bo'ldi.



1998/1999 yilgi mavsum Konte uchun omadsiz keldi. Oddiy lat eyish oqibatida miozit kasalligiga chalindi (skelet mushaklari yallig'lanishi). Kasallik kuchayib ketgani sababli Antonio tanasining yarmi falaj bo'lib qoldi va qimirlay olmadi. O'yinchining kasalligidan xabar topgan Lippi uni transferga qo'ydi, sardorlik bog'ichini esa Alessandro Del Peroga berdi. Kontening futbolchilik faoliyati deyarli hal bo'lgandi, lekin ishga tifozi aralashdi. Ular bu transferga qatiy ravishda qarshi chiqdilar va har qanday holatda ham Antonioni himoya qildilar.

Bu hikoya yaxshilik bilan yakun topdi. Mavsum muvaffaqiyatsiz tarzda boshlangani uchun Lippini istefoga chiqarishdi, uning o'rnini esa Karlo Anchelotti egalladi. Yangi murabbiy zudlik bilan sardorlik bog'ichini Kontega qaytarib berdi. Muxlislar bog'ichni unga tantanali ravishda topshirdilar. Unga quyidagi so'zlar yozuvgandi: "Kapitan, sensiz nima ham qilardik". Antonio Konte 2004 yil futbolchilik faoliyatini yakunladi.


Konte — murabbiy

Faoliyatining boshlanishi

Antonio Konte — o'ziga xos italiyalik murabbiylardan biri. Murabbiylik maktabini tamomlagani zahoti, yana tahsil olish maqsadida Lui van Gal yoniga otlandi. Gollandiyalik mutaxassis bilan biroz vaqt ishlaganidan so'ng, murabbiylik faoliyatini boshlash uchun ajoyib taklifga ega bo'ldi — "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Fabio Kappeloga yordamchi sifatida chaqirishdi.


Biroq Konte barchani lol qoldirib, B Seriyaning "Arecco" klubi tomon yo'l oldi. Ammo qahramonimizning u erda unchalik ham omadi yurishmadi: 9 turdan so'ng ishdan bo'shatildi. O'rniga Mauricio Sarrini tayinlashdi (qizig'i shundaki, o'tgan yili xuddi shunday holat "CHelsi"da takrorlandi). Lekin Mauricio ham muvaffaqiyat qozona olmadi va mavsum oxirida klubga yana Antonio (!) qaydi. Tinimsiz urinishlarga qaramay, ligadagi o'rnini saqlab qolisha olmadi.



Biroz vaqtdan keyin Konteni yana B Seriyaga qaytarishdi, bu safar "Bari"ga. Bir mavsum ichida jamoa arzirli yutuqlarga erisholmadi va chempionatda 11 pog'onani egalladi. Ammo kelasi yili A Seriyaning umidli va yosh murabbiyi bilan muvaffaqiyat qozondi. U erda Antonio Konte murabbiy sifatida bir jihati shakllandi — qatiyatlilik. A Seriyada muvaffaqiyat qozonishi uchun unga yangi o'yinchilar sotib olib, tarkibni kuchaytirishi kerakligini aytdi. Ammo rahbariyat uning shartini bajarmadi va Konteni istefoga chiqardi.

Antonio uzoq vaqt ishsiz qolib ketgani yo'q. 2009 yil sentyabrda "Atalanta" uni bosh murabbiy lavozimiga tayinladi. Jamoa mavsumni yomon boshlamadi. Konte qo'l ostidagi jamoa 5 tur mobaynida mag'lubiyatga uchramadi. Ammo keyin omad ulardan yuz o'girdi shekilli, o'yinlari qovushmay Konte yana istefoga chiqarildi. "Atalanta" esa mavsum so'ngida B Seriyaga tushib ketdi.



Antonio yanvarda "Atalanta"dan ketdi, mayda esa yangi klubda ish boshladi — "Siena" (B Seriya). Konte yangi ish joyida birinchi yilning o'zida tajribalar o'tkaza boshladi: turli taktik sxemalardan foydalandi, futbolga bo'lgan qarashlari hamda o'z uslubini shakllantirdi. Uning urinishlari besamar ketmadi, klub o'sha mavsum A Seriya yo'llanmasini qo'lga kiritdi.


Yana "Yuventus"

2011 yil mayda Kontega "Yuventus" vakillari taklif bilan chiqdi. Bir narsaga etibor bering: o'sha yili "Yuventus" ketma-ket ikki yilda A Seriyada 7-o'rinni egallagan va klub ishlari biroz orqaga ketayotgandi. Antonio Konte murabbiy etib tayinlanganidan so'ng, ilk mashg'ulotning o'zida barcha o'yinchilarni to'pladi va dedi: "Siz ketma-ket 2 yil ettinchi pog'onani band etdingiz. Bo'ldi! Ancha ortda qolib ketganingiz etadi". Natija ajoyib: oradan bir yil o'tib "Yuventus" turnir yakuniga qadar - "Kalyari"ga qarshi bahsda - chempionlik titulini naqd qilib qo'ydi.

Qiziqarli fakt: Konte "Bari"dan ketganidan so'ng, "Yuventus" uni chaqirishni istagandi. Ammo o'sha yilgi transfer oynasida "Verder"dan Diegoni sotib olishdi. O'shanda u faqat 4-4-2 sxemasi bo'yicha o'ynay olishini aytgandi. Konte esa bu taktikaga ko'ra ish ko'rmasligini tushungan klub, murabbiyni taklif qilishga shoshmadi.

Konte 3-5-2 sxemasini afzal ko'rardi. Sababi oddiy: bu taktika bo'yicha u Italiyada ko'p bora g'alaba qozongan. Biroq kelasi mavsum evrokuboklarda muvaffaqiyatga erisholmadi, chorak finalda "Bavariya"ga g'alabani boy bergandi. Konte mavsum yarmida bo'lmaganiga qaramay, "Yuventus" yana skudettoga ega chiqdi. Antonio "Siena"da kelishilgan o'yinlar tashkil qilganlikda ayblanib, 10 oyga diskvalificiya qilingandi — (4 oyga kamaytirildi).

2014 yil evrokubokdagi mag'lubiyatlar (guruhda 3-o'rinni egallashdi, Evropa Ligasi yarim finalida esa "Benfika"ga g'alabani boy berdilar) va navbatdagi "skudetto"dan so'ng Antonio Konte ishdan bo'shadi. Bu bilan bog'liq bir nechta mish-mishlar bor. Lekin ulardan haqiqatga eng yaqini quyidagicha: Konte rahbariyatga agar "Yuventus" top darajaga chiqishi hamda Evropa arenasida o'z o'rnini ega bo'lishini istasalar, u holda eng yaxshi o'yinchilar sotib olishlar va transferlar uchun katta pul sarflashlari darkorligini aytgan. Ammo klub xodimlari bu taklifga rozi bo'lmaganlaridan keyin, murabbiy istefoga chiqishga qaror qilgan. Lekin shunga qaramay, u "keksa sinora" muxlislarining sevimli murabbiylari qatoridan joy olgan. SHuningdek, "Yuventus"ning g'alabali seriyasini boshlab bergan inson sifatida futbol tarixidan o'rin egallagan.



Italiya terma jamoasi

Bir necha vaqtdan so'ng Italiya terma jamoasi bosh murabbiyini elon qilishdi — u bizning bugungi qahramonimiz edi. Jamoa ruliga o'tirgan Konte birin-ketin g'alaba qozona boshladi: Evropa CHempionati-2016da umuman mag'lubiyatga uchramadi. Italiya 1/8 finalda amaldagi jahon chempioni —  Ispaniyani "uyiga jo'natib yubordi". Ammo 1/4 finalda Germaniyaga o'rnini bo'shatib berdi. Evropa CHempionati boshlangunga qadar, Konte terma safidan ketishi aniq bo'lib ulgurgan edi. 



Terma jamoadagi Konteni ko'pchilik mamlakatga muhabbat qo'ygan va o'yinchilarga hurmatda bo'lgan inson sifatida yodga olishadi. "Italiya termasi safida maydonga tushish — sharaf. Har bir o'yinchi bunga harakat qilishi kerak. Terma jamoa futbolkasi tanangizning ikkinchi terisiga aylanishi lozim".

Ha, bir nechta bahsli holatlar ham bo'ldi. Evropa CHempionatiga tayyorgarlik oldidan "Yuventus" va "Roma" o'z etakchilarini qo'yib yuborishni istamadi. Konte bundan juda g'azablangan bo'lsa-da, ziddiyat ijobiy natija bilan hal qilindi.


"CHelsi"

Barchaga birdek malum, Konte biror lavozimga osonlik bilan erishmagan. Bundan "CHelsi" ham mustasno emas. Klub Antonioning barcha yordamchilarini murabbiylik shtabiga chaqirishdan bosh tortdi. Aynan shu sabab yordamchilaridan biri Massimo Karrera Angliyada ish topolmadi va Moskvaga ketishga qaror qildi. O'sha yili hamma muxlislar APL buyuk murabbiylari o'rtasidagi "jang"ni kutayotgandi: Arsen Venger, Yurgen Klopp, Xosep Gvardiola — ulardan qay biri titulga ega chiqadi? CHempionat yakunlanishiga ikki tur qolganida "CHelsi" va Antonio Konte g'oliblikni naqd qilib qo'ydi.



Birinchi mavsumdagi muvaffaqiyatdan so'ng, qolgan barcha ishlar alo darajada boradigandek tuyulgandi. Lekin kelasi yili Konte transferlar borasida (ha, yana muammo) rahbariyat bilan tortishib qoldi, chempionatda esa 5-o'rinni egalladi. "CHelsi" mavsum so'ngida Angliya Kubogini qo'lga kiritgani ham Konteni olib qolishga yordam berolmadi.


"Inter"

Bu mavsum Antonio Konte "Inter" ruliga o'tirdi va jamoani qaytadan jonlantirdi. U klubni yangilash uchun unga qaysi transferlar kerakligini darhol rahbariyatga aytdi va hamma ish u xohlagandek bo'ldi. Mojarolar ham bo'ldi, albatta: U mavsum oldi mashg'ulotlarini jamoa yaxshi o'tkazmaganidan mamnun emasdi. SHuningdek, CHempionlar Ligasidagi so'nggi - Dortmund "Borussiya"siga qarshi bahsda yigitlar aynan jismoniy tayyorgarlik tufayli g'alabani boy berganliklarini takidladi. Eslatib o'tamiz, "Inter" o'sha bahsda avvaliga 2-0 hisobda g'alaba qozonayotgan edi. Ammo uchrashuv 2-3 natija bilan yakunlangan.



Antonio Konte — o'z jamoasiga noyob usulni singdira oladigan buyuk murabbiy. Unda murabbiylar uchun juda muhim bo'lgan xususiyatlar mavjud: zarur paytda o'yinchilarni almashtirish kerakligini tez tushunadi, futbolchilarda o'zlariga bo'lgan ishonchni uyg'ota oladi, noyob energiyasi bilan ularga kuch beradi. Boshqa tomondan, Konte juda principial va hissiyotli inson. Bu narsa uning murabbiylik faoliyatiga ko'pincha o'zining salbiy tasirini ko'rsatadi. Lekin nima bo'lgan taqdirda ham, muxlislarning sevimli o'yinchisi va buyuk murabbiylardan biri bo'lib qoladi.

Axir biz aynan shunday insonlar tufayli futbolni sevamiz!


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика