Saka: "Kubokni uyga olib kela olmaganimizdan afsusdamiz"
12 dek 2022 14:05
Yangiliklar
Saka: "Kubokni uyga olib kela olmaganimizdan afsusdamiz"
"Bugun o'zimni qanday his qilayotganimni tushuntirib bera olmayman, lekin biz hamma narsani berdik va siz uchun kubokni uyga olib kela olmaganimizdan juda afsusdamiz. SHunchaki muxlislarimizga chin dildan rahmat aytmoqchiman. Hammangiz o'yinlarda ham, uyda ham bizni qo'llab-quvvatladingiz, buni his qildik.
Jamoamiz haqiqatan ham o'zgacha va iqtidorli, shuning uchun hafsalamiz pir bo'lganiga qaramasdan, kelajakka optimistik qarayapman. Oilam, jamoadoshlarim, Garet Sautgeyt, murabbiylar va barcha yordamchi xodimlarga mashaqqatli mehnat va fidoyilik uchun rahmat deyman. Biz shundan kelib chiqib harakat qilamiz va sizning ko'magingiz bilan birgalikda riojlanish yo'lidan yuramiz, taraqqiyotga erishishda davom etamiz", – dedi Saka.
Qatarda bo'lib o'tgan 2022 yilgi jahon chempionati 1/4 finalida inglizlar Franciya terma jamoasidan mag'lub bo'lishdi (1:2) va turnirni tark etishdi.
Fikrlar