Saka jarohati sabab "Aston Villa"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
21 okt 2021 18:01
Yangiliklar
Saka jarohati sabab "Aston Villa"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta yarim himoyachi Bukayo Sakaning APL doirasidagi "Aston Villa"ga qarshi o'yinda maydonga tushish yoki tushmasligini bilmaydi.
"U hali shug'ullanmadi, shu sabab biz bugun uning holatini va tayyorligini baholashimiz kerak.
Men taxmin qilmayman. SHifokorlar va o'zi u qanday tiklanayotgani va o'zini bugungi va ertangi mashg'ulotlarda qanday his qilayotganini bilishi kerak. U biz uchun juda ham muhim, u jamoa uchun muhimligini ko'rsatdi", - deydi Arteta.
Saka APL 8-tur doirasidagi "Kristal Pelas" (2:2)ga qarshi o'yinda jarohat oldi va ikkinchi taymda o'ynamadi.
Fikrlar