So’nggi yangiliklar

14:14"Ливерпуль" ҳимоячиси жамоани тарк этиши мумкин  0 13:42"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 13:13Натижа ортидаги оғриқлар. ЎФА 2009 йиллар борасида қарор қабул қиладиган вақт келмадими?  4 12:57"Интер" ўз футболчисини "Челси"га қўйиб юбормади  0 12:25Рабьо ва Роу кийиниш хонасидаги жанжал туфайли "Марсель" машғулотларидан четлаштирилди  0 11:56Варди рафиқаси орзу қилган трансферни амалга ошириши мумкин  1 11:27Эдерсоннинг "Галатасарой"га трансфери: "Манчестер Сити"нинг янги талаблари маълум  0 10:50"Наполи" Лукакунинг жароҳати сабабли АПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  1 10:21Скалони сентябрдаги ўйинлар учун кимларни терма жамоага чақирди  0 09:44"Наполи" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  0 08:42"Барселона" жиддий қизиққан яна бир футболчи амалдаги жамоаси билан янги шартнома имзолади  1 08:11"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  1 07:40Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  2 07:15Суперлига. "Хоразм" — "Қизилқум" 0:1  0 00:51Қосимов фаолиятини Ироқда давом эттиради  5

Saidkomil Akbarov ketdi, SHahzod Nurmatov esa qaytdi Yangiliklar

Saidkomil Akbarov ketdi, SHahzod Nurmatov esa qaytdi

Yangi mavsumga hozirlik ko'rayotgan Bekobodning “Metallurg” jamoasida ikkita yangilik bo'ldi.
2008 yildan buyon jamoa sharafini himoya etib, uning muvaffaqiyatida salmoqli ulush qo'shib kelgan Saidkomil Akbarov keyingi faoliyatini Tojikistonning “Istiqlol” jamoasida davom ettiradigan bo'ldi. Bahraynning “Al Riffa” jamoasi ko'rigiga ketgan SHahzodbek Nurmatov esa qadrdon jamoasiga qaytdi.

Tojikistonning “Istiqlol”jamoasi bu yil OFK kubogida qatnashadi. Saidkomil “Istiqlol”da osiyolik legioner vazifasini o'tab beradi. “Metallurg” klubi rahbariyati, barcha o'yinchilar va muxlislari Saidkomilga ko'p yillik samarali xizmatlari uchun minnatdorchilik bildiradi va xalqaro maydonlarda “Istiqlol” bilan yangi cho'qqilarni zabt etishini tilab qoladi.

SHahzodbek Nurmatov masalasiga qaytsak, u “Al Riffa” klubi rahbariyati bilan tashkiliy masalalarda fikrni bir joyga qo'ya olmadi va ortda qaytishni maqul ko'rdi. To'purar o'yinchi hamma klubga kerak. Mehnat shartnomasi hali oxiriga etmagan Nurmatovning “Metallurg” tarkibida bu yil ham asqotishi aniq. SHu manoda “SHahzod, qadrdon jamoangga xush kelibsan”, deymiz.

Ilgari xabar berganimizdek, o'tgan hafta “Metallurg” Turkiya safariga jo'nab ketayotgan “Bunyodkor”ga qarshi ko'rik-nazorat uchrashuvini o'tkazdi. Tinimsiz yog'ib turgan qor va havo haroratining juda pastligi o'yin sifatiga salbiy tasir ko'rsatmasdan qolmadi. Har ikkala jamoa o'zlarining kuchli tarkiblarini maydonga tushirishdi. Hisobda mehmonlar ikki marta oldinda borishdi. Biroq mezbonlar mag'lubiyatdan qutilib qolishdi va g'alaba qozonishga muvaffaq bo'lishdi. “Metallurg”dan ikkala golni ham Dilmurod Karimov penaltidan kiritdi.

“BUNYODKOR” – “METALLURG” 4:2 (2:2)
Gollar:
Dilmurod Karimov 37 penalti (0:1), Anvar Berdiev 42 (1:1), Dilmurod Karimov 44 penalti (1:2), Anvar Berdiev 45+1 (2:2), Temur Ayupov 84 (3:2), Temur Ayupov 88 penalti (4:2).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика